172
Ushbu muammolarni hal qilish zararli moddalarning litosfera, atmosfera,
gidro-
sferaga chiqarilish darajasini pasaytirish, shuningdek, ifl oslangan hududlarni tiklash
va tozalash bo‘yicha kompensatsion chora-tadbirlardan iborat bo‘lishi kerak. Kompen-
satsion chora-tadbirlar tuproqni o‘g‘itlash, o‘rmon ekish, yaylovlarni tashkil
etish ishla-
rini o‘z ichiga oladi.
Topshiriqlar
1. Tuproq unumdorligi qanday omillarga bog‘liq?
2. Nima uchun tuproq muhofaza qilinadi?
3. Huquq fani o‘qituvchisi yordamida gidrosfera va atmosfera muhofazasiga oid qanday rasmiy
hujjatlar borligini toping.
4. Tirik tabiatga foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashning ta’siri haqida rasmli klaster
tayyorlang.
Ushbu muammoni hal qilish uchun zararli moddalarning ajralish va tarqalish dara-
jasini pasaytiradigan zamonaviy
uskunalardan foydalanish, shuningdek, ochiq usul
o‘rniga shaxta usulini qo‘llash lozim.
Biosferaga ta’siri
Katta xomashyo konlarini faol o‘zlashtirish jarayonida yaqin atrofdagi tuproqlarning if-
loslanish radiusi 40 km gacha yetishi mumkin. Tuproq qayta
ishlangan moddalarning zara-
rliligiga qarab turli kimyoviy o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi. Agar ko‘p miqdorda zaharli mod-
dalar tuproqqa kirsa, daraxtlar, butalar va o‘tlar nobud bo‘ladi va qayta o‘smaydi. Natijada
hayvonlar uchun oziq-ovqat bo‘lmaydi, ular yo nobud bo‘ladi yoki
yangi yashash joylarini
izlaydi, ko‘chib ketadi.
173
VIII BOB. 4-MAVZU.
Amaliy mashg‘ulot. Ekologik izni kamaytirish
O‘rganiladigan natijalar
• Ekologik iz
• Ekologik izni kamaytirish
Inson o‘z ehtiyojini qondirish uchun keng ko‘lamda
ishlab chiqarayotgan
sintetik moddalar, sintetik tolalar,
rezina va boshqalardan tayyorlangan xilma-xil ko‘p
sondagi mahsulotlar biotik moddalarga aylanmaydigan
moddalar. Bular o‘z navbatida tuproq, suv, daryo va
dengizlarni qattiq chiqindilar bilan ifl oslanishiga sabab
bo‘lmoqda.
Yer holatini o‘lchash usullaridan biri Ekologik iz
usulidir. Ekologik iz bizni foydalanadigan resurslar
miqdori
va biz ajratgan chiqindilar uchun qancha joy kerakligini
ko‘rsatadi. Bu bizning ta’sirimiz qanday ekanligini
baholashga imkon beradigan va barqaror yashash-
yashamasligimizni tushu nishga yordam beradigan vosita. Hozirda
insoniyatning ekologik izi
olimlar ta’biri bilan aytganda “haddan oshib ketgan”.
Biz tabiatga yordam berish uchun hozir harakat qilishimiz kerak.