1-tajriba. Zarur jihoz va moddalar: suyultirilgan sirka kislota, oyna
yuvish vositasi, tozalash mato, eski gazeta.
Ishning borishi: 1. Gazetani sirka kislota bilan yaxshilab namlang.
2. Ifl oslangan deraza oynasini sirka kislota bilan nam-
langan gazeta bilan yarmini arting.
3. Matoni oyna yuvish vositasi bilan namlang.
4. Oynaning ikkinchi yarmini oyna yuvish vositasi bilan
arting.
5. Ishingiz tugagach, artilgan qarang. Qaysi qismi toza-
roq? Farq bormi?
Sintetik yuvish vositalarini ishlab chiqaruvchilar odam-
larni o‘z mahsulotlarini sotib olishga jalb qilish uchun yor liqda faqat tabiiy mahsulotlar
ishlatilganligini yozadilar. Ammo ko‘p hollarda bunday emas! Shuning uchun, kimyoviy
yuvish sotib olayotganda ehtiyot bo‘ling.
Deraza oynasini tozalashning qaysi usuli eng ekologik toza deb hisoblaysiz? Aksariyat hollarda sirka va oyna yuvish vositasi
o‘rtasida farq yo‘q! Ko‘pgina yuvish vositalarida atrof-muhit
va atmosferaga zararli bo‘lgan kuchli kimyoviy moddalar
mavjud. Boshqa tomondan, sirka zararsiz suyuqlik va
shisha yuzalarni do‘kondan sotib olingan yuvish vositalari
kabi samarali tozalaydi. Gazeta ko‘p energiya talab
qiladigan tozalovchi mato o‘rnini bosishi mumkinligini
ko‘rsatish uchun ishlatildi.
Neft qazib oluvchi platformalardagi avariya sababli
suvning neft bilan ifl oslanishiga olib keladi. Bu ifl oslanish
shakli atrof-muhitni samarali tozalash uchun oylar, hatto yillar talab qilishi mumkin. Buning
oqibatlari, ayniqsa qushlar va dengiz hayoti uchun halokatli hisoblanadi. Olimlar suvning
ifl oslanishiga oid shu kabi muammolarni hal qilish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazmoqdalar.
174
2-tajriba. Zarur jihoz va moddalar: alyuminiy folga bo‘lagi, o‘simlik moyi, chuqur bo‘lmagan
idish, suv, bir nechta paxta sharchalari