|
7 sinf ximiya indd Pdf ko'rish
|
bet | 153/157 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 66,04 Mb. | | #150134 |
Bog'liq 7-sinf KIMYO 2022VIII BOB. 3-MAVZU.
Foydali qazilmalarni ishlab
chiqarishdagi ekologik aspektlar
O‘rganiladigan natijalar
• Ekologik aspektlar
• Atrof-muhitga ta’sir turlari
Global tavsifga ega bo‘lgan ekologik muammolarni tezkor hal qilish muhim va zarur
ekani butun dunyo mamalakatlari tomonidan tan olindi. Bu muammolar mamlakatlarning
geografi k o‘rni va iq tisodiy rivojlanish darajasidan qat’i nazar, ularning o‘zaro bog‘liqligining
umumiy chora-tadbirlari va taklifl arini ishlab chiqishni talab qiladi. Shu bilan birga, ta’kidlash
joizki, jahonning turli mamlakatlari atrof-muhitni sog‘lomlashtirish dasturlarini hayotga tatbiq
qilish bo‘yicha bir xil imkoniyatga ega emas. Bu borada o‘zaro hamkorlik va dunyo hamjam-
iyatining yordami muhimdir.
Ekologik aspektlar – jamiyat faoliyatining atrof-muhitga ta’sir etuvchi elementlari hi-
soblanadi.
Ekologik aspektlar
Atrof-muhitga ta’sir turi
Atmosfera havosiga ifl oslantiruvchi modda-
larning chiqarilishi
Atmosfera havosining kimyoviy ifl oslanishi
Ifl oslantiruvchi moddalarni suv havzasiga,
kommunal kanalizatsiyaga oqizish
Suvning kimyoviy ifl oslanishi
Chiqindilarni hosil qilish va to‘plash
Tuproqning kimyoviy ifl oslanishi
Energiya resurslaridan foydalanish, suv
iste’moli
Tabiiy resurslarning kamayishi
Favqulodda avariya vaziyatlari
Atmosfera havosining, suvning, tuproqning
kimyoviy ifl oslanishi
Tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro aspektlar quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
– tabiatdan foydalanish milliy dasturlarini tadbiq qilishda tajriba almashuv;
– davlatlararo dastur hamda bitimlarni yaratish va joriy qilish;
– atrof-muhit holatini nazorat qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlarni ta’sis etish va qabul
qilingan bitimlarni bajarish.
Foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash jarayonida turli tizimlar ishtirok eta-
digan katta geologik sikl sodir bo‘ladi. Natijada konchilik hududi ekologiyasiga katta ta’sir
ko‘rsatilmoqda va bunday ta’sir salbiy oqibatlarga olib keladi.
Qazib olishning ko‘lami katta – yiliga Yer aholisining har biriga 20 tonnagacha xom-
ashyo qazib olinib, shundan 10% dan kamrog‘i yakuniy mahsulotga, qolgan 90% esa chi-
qindilarga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, qazib olish jarayonida taxminan 30–50% gacha
bo‘lgan xomashyoning sezilarli darajada yo‘qolishi kuzatiladi, bu esa qazib olishning ayrim
turlari, ayniqsa, ochiq usulning tejamsizligini ko‘rsatadi.
Xomashyoni qazib olish va qayta ishlashning salbiy ta’siri masalalari juda dolzarbdir,
chunki bu jarayonlar Yerning barcha qobiqlari: litosfera, atmosfera, gidrosfera, biosferaga
salbiy ta’sir qiladi.
|
| |