148
Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar
1. 28 g kalsiy oksidi suv bilan reaksiyaga kirishdi. Hosil
bo‘lgan moddaning massasini hisoblang.
2. 49 g mis (II) gidroksid parchalanishi
natijasida hosil
bo‘lgan mis (II) oksidning massasi nechaga teng?
3. 37 g kalsiy gidroksid olish uchun zarur bo‘lgan kalsiy
oksidi massasini toping.
4. CuSO
4
· 5H
2
O mis sulfat kristall gidratidagi suvning
massa ulushini aniqlang.
5. Quyidagi moddalarning qaysi guruhi suv bilan “qarin-
dosh”?
a) CaO, CO, Fe
2
O
3
, P
2
O
5
b) HCl, H
2
SO
4
, HNO
3
, H
2
CO
3
c) MgSO
4
, CuCl
2
, NaCl, KNO
3
6. Suv molekulasi qanday geometrik shaklda bo‘ladi?
7. Nima uchun hayot
suvning qattiq holatida emas,
suyuq holatida paydo bo‘lgan deb o‘ylaysiz?
8. Moddani suyuq holatdan gazsimon holatga o‘tkazish
uchun molekulalar orasidagi barcha bog‘larni uzish kerak va
buning uchun energiya issiqlik shaklida sarfl anadi.
Ushbu
faktdan foydalanib nima uchun suvning bug‘lanish harorati
yuqori ekanini tushuntiring.
9. Odam organizmida taxminan 65% (yangi tug‘ilgan
chaqaloqning tanasida 75%), o‘simlik
va hayvonlar tanasi-
da o‘rtacha 50% dan ortiq, suvo‘tlarda 95 – 99%, spora va
urug‘larda 7 dan 15% gacha suv mavjud.
Qaysi hayvon or-
ganizmida eng ko‘p suv bor?
10. Nima uchun chuqur daryolar, ko‘llar,
dengizlar, hatto
eng qattiq ayozlarda
ham tubiga qadar muzlamaydi, hatto
shimoliy dengizlarda ham qalin muz ostida hayot qaynaydi?
11. Quyidagi rasmni izohlang.
0,02%
12. Ba’zi moddalarning nomlarida “suv” so‘zi mavjud. Axborot
resurslaridan foydalanib,
tushunchalarga ta’rif bering: “ohakli suv”, “bromli suv”, “ammiak suvi”.