• Tarixiy eslatma 127 Tabiiy omillar
  • 7 sinf ximiya indd




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet114/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    V BOB. 7-MAVZU.
    Kislotali yomg‘irlar
    O‘rganiladigan natijalar
    • Kislotali yomg‘irlar
    • Tabiiy omillar
    • Antropogen omillar
    “Kislotali yomg‘ir” ta’rifi fanda 1872-yilda shotland kimyogari 
    Robert Engus Smit tomonidan kiritilgan. Olim birinchi bo‘lib kislotali 
    yog‘ingarchilikning xavfi va ularning oqibatlari haqidagi tushunchani 
    “Havo va yomg‘ir: kimyoviy iqlimshunoslikning boshlanishi” mono-
    grafi yasida bayon qilgan. Ilmiy ish sanoat shahri Manchester ustidagi
    tutunni o‘rganishga asoslangan edi. Ilmiy hamjamiyat bu ishni dush-
    manlik bilan qabul qildi. R. Smit umrining oxirigacha tabiiy muhitni 
    muhofaza qilish bo‘yicha birinchi ingliz organi – Ishqorlarni nazorat 
    qilish inspeksiyasini boshqargan.
    Tadqiqotni shvetsiyalik olim, Nobel mukofoti sovrindori S. A. Arrenius davom ettirdi. 
    1883-yilda u fanga “asos”, “kislota” atamalarini kiritdi. “Kislota” atamasi suyuqlikda erigani-
    da musbat zaryadli vodorod ionlarini hosil qiluvchi elementlarni anglatadi. 1908-yilda dani-
    yalik kimyogar S. P. Syorensen tomonidan fanga kiritilgan pH (vodorod ko‘rsatkichi) eritma-
    lar muhitini o‘lchash birligiga aylandi.
    Kislota yomg‘irining asosiy sababi – sayyoramizning havo qobig‘ida to‘plangan azot 
    (IV) – oksidi NO
    2
    va oltingugurt (IV)-oksidi SO
    2
    .
    Kimyoviy reaksiyalar natijasida bu oksidlar yerga yomg‘ir yoki qor bilan tushadigan kis-
    lotalarga aylanadi. Xavfl i yomg‘irlarni qo‘zg‘atuvchi bu oksidlar tabiiy va antropogen omillar 
    ta’sirida havoga ajraladi.
    Tarixiy eslatma


    127
    Tabiiy omillar
    Vulqonlar otilishi: oltingugurt (IV)-oksidi SO
    2
    troposfera va stratosferga chiqadi. 
    O‘simliklar, hayvonlar qoldiqlarining chirishi va o‘rmon yong‘inlari tufayli biomassa par-
    chalanadi. Natijada havoga azot oksidi ajraladi.
    Mikroorganizmlarning faoliyati: tuproq bakteriyalari NO
    3
    dan azot oksidlarini chiqaradi. 
    Atmosferadagi S miqdori organik moddalarni parchalash orqali vodorod sulfi dini hosil qilu-
    vchi mikroorganizmlar faoliyati bilan bog‘liq. 
    Chaqmoqlar chaqishi natijasida yuqori harorat sababli azot va kislorod azot oksidini 
    hosil qiladi.

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish