124
V BOB. 6-MAVZU.
Amaliy mashg‘ulot.
Kislotalarning metallar bilan o‘zaro ta’siri
O‘rganiladigan natijalar
• Metallarning
aktivlik qatori
• Kislotalarning metallar bilan
o‘zaro ta’siri
Metallarning vodorodni kislotalardan siqib chiqarish qobiliyati
Keling, molekulalarida vodorod atomlari metall atomlari bilan
almashtirilishi mumkin
bo‘lgan murakkab moddalar sifatida kislotalarning ta’rifi ga qaytib, tajriba orqali tasdiqlaymiz.
1. Probirkaga magniy qirindilarini joylashtiramiz, ul-
arga sulfat kislotaning suyultirilgan eritmasidan (1 qism
kislota va taxminan 5 qism suv) qo‘shamiz va probirkani
gaz chiqarish nayli tiqin bilan tezda yopamiz.
2. Xona haroratida magniy sulfat kislota bilan faol
ta’sirlashadi, bu gazsimon
moddaning pufakchalari chi-
qishi bilan tasdiqlanadi.
3. Biz gazni suvni siqish usuli bilan yig‘amiz va uni
sinovdan o‘tkazamiz. Buning uchun suv ostida gaz bilan
to‘ldirilgan probirkani shisha plastinka bilan yopamiz va probirkani idishdan chiqaramiz.
4. Vodorodning mavjudligini yonayotgan gugurt yordamida aniqlash mumkin.
Vodorod-
ning yonishi kichik portlashni keltirib chiqaradi va gugurtning yorqin yonishi kuzatilmaydi.
Magniy kislotadan vodorodni siqib chiqardi, bu reaksiya mahsuli – vodoroddan dalolat
beradi.
1-tajriba
1. Probirka tubiga rux metall donachalarini (ehtiyot-
korlik bilan!) solamiz, ustiga suyultirilgan
xlorid kislota
qo‘shamiz va kuzatamiz.
2. Tez orada granulalar yuzasi gazsimon moddaning
pufakchalari bilan qoplanadi.
3. Probirkani qizdiramiz va gaz yanada faolroq chiqa-
riladi.
Havodagi gazlarning nisbiy zichligi qanday aniqla-
nishini eslang. Vodorodning
havodagi zichligini hisob-
lang va probirkani vodorod bilan to‘ldirish uchun qanday
qilib to‘g‘ri ushlashni taklif qiling.
Hisob-kitoblar vodorod havodan 14,5 marta yengil ekanini tasdiqlaydi. Shuning uchun
probirkani vodorod bilan to‘ldirish uchun uni teskari ushlab turish kerak.
Vodorodni quruq
probirkaga havoni siljitish usuli bilan yig‘amiz va uni tekshiramiz.
4. Oldingi tajribada bo‘lgani kabi bo‘g‘iq paqillagan tovush eshitiladi. Natijada rux xlorid
kislota molekulalaridan vodorod atomlarini siqib chiqardi, atomlardan vodorod molekulalari
hosil bo‘ldi va tajriba buni tasdiqladi. Reaksiya tenglamasini yozing.
Eslab qoling! Vodorodning yonish reaksiyasi portlash bilan birga kechadi. Tajribani amal-
ga oshirish xavfsizligi uchun probirkada vodorod miqdori 1/3 qismdan oshmasligi kerak.