• Sanoatda vodorodning olinishi
  • Topshiriqlar
  • Laboratoriyada vodorodning olinishi




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    Laboratoriyada vodorodning olinishi
    1. Reaksiya odatda Kipp apparatida, oz miqdorda vodorod olish uchun esa Kiryushkin 
    apparatida olib boriladi. Suvni siqib chiqarish usulida yig‘iladi. Laboratoriyada vodorod olish 
    uchun metallarga xlorid kislota yoki suyultirilgan sulfat kislota ta’sir ettiriladi.
    Zn + 2HCl → ZnCl
    2
    +H
    2
    2. Suv bug‘lari bilan cho‘g‘langan temir ta’sirlashganda ham vodorod hosil bo‘ladi:
    3Fe + 4H
    2
    O → Fe
    3
    O
    4
    + 4H
    2


    114
    Sanoatda vodorodning olinishi
    Vodorodni olishning sanoat usullari laboratori-
    ya usullaridan farq qiladi. 
    1. Suv bug‘lari bilan tabiiy gazni konversiya 
    qilib olinadi:
    CH
    4
    + H
    2
    O → CO + 3H
    2
    2. Suv bug‘lari bilan cho‘g‘langan ko‘mir kon-
    ver siya qilib olinadi: 
    C + H
    2
    O → CO +H
    2
    3. Suvni elektr toki yordamida parchalab olinadi.
    2H
    2
    O → 2H
    2
    + O
    2
    4. Metanni parchalab olinadi:
    CH
    4
    → C + 2H
    2
    Hozirgi kunda dunyo olimlari vodorodni qayta tiklanadigan energiya manbalaridan yor-
    damida olish ustida tadqiqotlar o‘tkazmoqda. Bu usulda vodorod olish “yashil” vodorod 
    olish deb nomlanadi. Bu usul uchun elektrolizyor, suv, elektrenergiya zarur.
    Topshiriqlar
    1. Siz cho‘g‘lanib turgan ko‘mirga suv sepilganda charsillab yonishini kuzatganmisiz? Bunda 
    qanday moddalar hosil bo‘ladi?
    2. Qizib turgan temirni suvga tushirganda suv bug‘lanib ketganini ko‘ramiz. Bunda qaysi reaksi-
    ya sodir bo‘ladi?
    3. Sizga vodorod olishning eng qulay usulini tanlang deyilsa, qaysi usulni taklif qilasiz?
    4. Quyidagi jadvalga vodorodning tarqalishini foizlarda ifodalang va daftaringizga chizib oling.
    Atmosfera
    Gidrosfera
    Biosfera
    Litosfera
    Kosmos


    115

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish