• Degidrogenlash
  • Gidratlanish
  • Sulfolash — sulfat kislota yoki koʻp miqdorda so3 saklovchi oleum taʼsirida organik birikmalar molekulasidagi vodorod atomi oʻrniga sulfoguruh (~SO3H) kiritish. Asosan, aromatik birikmalar sulfolanadi. Gidrogenlash




    Download 482.87 Kb.
    Sana11.03.2024
    Hajmi482.87 Kb.
    #170189
    Bog'liq
    38.20 amalyot
    Sobirova-R.A-biokimyo (1), 8-лекция, quduqlarni-ta-mirlashda-kaltyubing-texnologiyasidan-foydalanish (1), shuhart, Статья по SiC (4), Электросон, 11- maruza, 3 laboratoriya, Администрирование информационных сетей compressed, 2, 60730300-Nasos va kom stans loy, qurish va ish, 12 11 2022 Плагиатга жавоб хати Тураев Х С, nizom tyutor, 20-dekabr VIKTORINA YAPON MARKAZI bayonnoma, MIBICHT



    Sulfolash — sulfat kislota yoki koʻp miqdorda SO3 saklovchi oleum taʼsirida organik birikmalar molekulasidagi vodorod atomi oʻrniga sulfoguruh (~SO3H) kiritish. Asosan, aromatik birikmalar sulfolanadi.


    Gidrogenlash (hydrogenium — vodorod) — oddiy moddalar (kimyoviy elementlar)ga yoki murakkab birikmalarga katalizatorlar ishtirokida vodorod biriktirish reaksiyasi. Kimyoviy birikmalardan vodorodni ajratish — degidrogenlash esa G.ning aks reaksiyasidir. G. va degidrogenlash organik moddalarni katalizatorlar ishtirokida sintez qilishning muhim usullari boʻlib, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan. Bu reaksiyalar sanoatda ulkan reaktorlarda olib boriladi. Yogʻlar va kumirni G. shular jumlasiga kiradi. Boshqa qator reaksiyalarda G. va degidrogenlash reaksiyalari mujassamlashgan holda amalga oshiriladi. Etil spirtning katalizatorlar ishtirokida atsetaldegidga aylanishidan iborat qaytar reaksiya bunga misol boʻla oladi.
    T-ra koʻtarilganda va N2 bosimi pasayganda atsetaldegid, aks holda etil spirti hosil boʻladi. G. va degidrogenlashda baʼzi metallar (Fe, Ni, Co, Pt, Os va h.k.), oksidlar (NiO, CoO, Sg2O3, MoO2 va h.k.), shuningdek sulfidlar (WS2, MoS2, CrnSm) katalizatorlar boʻlib xizmat qiladi.
    G. va degidrogenlash sanoatda keng qoʻllaniladi. Masalan, koʻpgina kimyo korxonalariga xom ashyo boʻladigan va erituvchi hisoblanadigan metil spirt uglerod monoksidini pyx-xrom oksidlari (katalizator) ishtirokida gidrogenlab olinadi. Boshqa katalizatorlar ishlatilganda, yuqori spirtlar ham shu usul bilan olinadi. Margarin i.ch. yogʻlarni G.ga asoslangan. Kapron, anid (naylon) va b. materiallar ishlab chiqarila boshlashi munosabati bilan oraliq mahsulotlar (fenoldan siklogeksonal, adipin kislota dinitrilidan geksametilendiamin va anilindan siklogeksilamin) olishda G.dan keng foydalaniladi. SO ni turli katalizatorlar ishtirokida gidrogenlab, benzin, qattiq parafinlar yoki kislorodli organik birikmalar olish mumkin. Yuqori bosim ostida azot bilan vodorodni oʻzaro taʼsir ettirib, ammiakni sintezlash ham G.dir. G. monomerlar sanoatida kauchuk va smolalarsh sintez qilishda keng qoʻllaniladi. Sintetik polimerlar i.ch.da, stirol va uning hosilalarini olishda, alkilaromatik uglevodorodlardan — etilbenzolni stirolga, izopropilbenzolni metilstirolga aylantirishda degidrogenlashning ahamiyati katta.

    Degidrogenlash (de... va gidrogenlash) — organik birikmalardan katalizator ishtirokida vodorod ajra-tib olish reaksiyasi. Elektron almashinish bilan sodir boʻladigan oksidlanishqaytarilish jarayonlariga kiradi. Gidrogenlash uchun yaroqli katalizatorlarning kupi D. uchun ham ishlatiladi. D. yuqori temperaturada boradi. Bosimning oshishi D. jarayoni bilan susayadi. Uglevodorodlarni D.da tarkibida Sg2O3 va MoO3 boʻladigan katalizatorlar koʻproq ishatiladi. Sanoatda D.dan foydalanib, yuqori sifatli yoqilgʻi hamda monomerlar oli-nadi. Alyumoxrom katalizatorlari ishtirokida normal parafin uglevodorodlarni degidrogenlab, olefinlar va diolefinlar olinadi. Shu usuldan foydalanib, neft bilan birga chiqadigan yoʻlakay gazlar hamda neft mah-sulotlaridan butadiyen va izopren, bulardan esa kauchuk olinadi.
    Gidratlanish — kimyoviy moddalar (molekula, atom yoki ionlar) ning suv bilan birikishi. Gidratlanishda moddalar suvda eriydi. Tuzlarning gidratlanishi koʻp uchraydigan hodisadir, chunki tuzlar ionlardan iborat, ionlar esa kattagina elektr maydoniga ega boʻlgani uchun suvning qutbli molekulalarini oʻziga tortadi. Suvda erigan tuzning ayrim ionlari ham gidratlangan boʻladi. Ionlar gidratlanganda anchagina issiqdik ajralib chiqadi. Ionlarning gidratlanish issiqligi eriyotgan tuz kristalining yemirilishiga ketgan issiqlik oʻrnini bemalol qoplaydi, shuning uchun koʻp tuzlar eriganda issiqyaik ajralib chiqadi. Ionlarning elektrkimyoviy harakatchanligi va tuz eritmalarining boshqa koʻp xossalari ionlarning gidratlanishiga bogʻliq. Gidratlanish reaksiyalari tabiatda keng tarqalgan, undan lab. ishida va texnikada, qurilishda keng foydalaniladi (masalan, sementning gidratlanishi, sementning suv bilan kimyoviy reaksiyaga kirishish jarayoni, bu reaksiya natijasida sement toshi yuzaga keladi). Sement gidratlanish jarayonida suvsiz klinkerli minerallar — kalsiy silikatlar, kalsiy alyuminatlar va kalsiy alyumoferitlar, mos ravishda kristall gidratlarga — kalsiy gidrosilikatlar, gidroalyuminatlar va gidroferritlarga aylanadi. Sementning gidratlanish tezligi uning tuyilish mayinligiga, qotish haroratiga, suv-sement nisbatiga, klinkerning mineralogik va kimyoviy tarkibiga, qorish uchun ishlatiladigan suv tarkibidagi qoʻshimchalarga bogʻliq buladi.
    Oksidlanish, oksidlanish jarayoni — tor maʼnoda — turli moddalarning kislorod bilan birikishi. Kengroq maʼnoda — atomlar yoki ionlar elektronlarni tortib olishi bilan sodir boʻladigan kimyoviy reaksiya (qarang Oksidlanishqaytarilish reaksiyalari). Eng muhim oksidlovchilarga kislorod O2, ozon O3, vodorod peroksid H2O2, xlor Cl2, ftor F2, kaliy permanganat KMnO4 va boshqa kiradi
    Download 482.87 Kb.




    Download 482.87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sulfolash — sulfat kislota yoki koʻp miqdorda so3 saklovchi oleum taʼsirida organik birikmalar molekulasidagi vodorod atomi oʻrniga sulfoguruh (~SO3H) kiritish. Asosan, aromatik birikmalar sulfolanadi. Gidrogenlash

    Download 482.87 Kb.