• Fizik xossalari Olinishi Sanoatda olinishi
  • 7 sinf ximiya indd




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    IV BOB. 4-MAVZU.
    Kislorodning fi zik xossalari va ishlatilishi
    O‘rganiladigan natijalar
    • Fizik xossalari 
    • Katalizator
    • Olinishi
    Aynan suvda kislorodning mavjudligi sayyoramizda hayot yuzaga kelishiga olib kel-
    di. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ushbu noyob gazning asosiy yetkazib beruvchilari turli xil 
    o‘simliklar, jumladan, suvosti o‘simliklari hisoblanadi. Kislorodni bakteriya turlari ham ishlab 
    chiqaradi. Atmosferaning yuqori qatlamidagi kislorod Yerning barcha aholisini zararli ultra-
    binafsha quyosh nurlanishidan himoya qiladigan ozon qatlamini hosil qiladi. 
    Birinchidan, kislorod havoning 21% ini tashkil etadigan gazdir.
    Kislorodning rangi, ta’mi va hidi yo‘q.
    -183°C dan past haroratlarda kislorod ko‘k rangli suyuqlikka, -219°C da bu suyuqlik qattiq 
    moddaga aylanadi. Bu shuni anglatadiki, kislorodning qaynash harorati: tqaynash = -183 °C, 
    erish harorati esa: terish = -219 °C. 
    Kislorod suvda yomon eriydi, organik moddalarda erishi, ko‘mir va metall kukunlari 
    tomonidan so‘rilishi mumkin.
    Dunyo okeanida erigan O
    2
    ning miqdori sovuq suvda ko‘proq, iliq suvda esa kamroq 
    bo‘ladi.
    Fizik xossalari
    Olinishi 
    Sanoatda olinishi
    Hozirgi vaqtda sanoatda kislorod havodan va suvni elektroliz qilish orqali olinadi.
    1. Kislorodni olishning asosiy sanoat usuli kriogen rektifi katsiyadir. Havo kuchli sovitish 
    va siqish ostida suyultiriladi, so‘ngra alohida komponentlar (fraksiyalar) birin-ketin ajratib 
    olinishi kerak bo‘lgan moddaning qaynash haroratida qizdiriladi, sababi havo tarkibidagi 
    moddalar turli qaynash haroratiga ega. 
    Azot suyuq havodan birinchi bo‘lib bug‘lanadi, u eng past qaynash haroratiga (-196°C) 
    ega. Keyin, kislorod va argonning suyuq aralashmasidan argon (-186 °C) chiqadi. Bunda 
    payvandlash, kimyoviy ishlab chiqarish kabi texnik maqsadlar uchun ishlatish mumkin 
    bo‘lgan toza kislorod qoladi. Ammo tibbiy maqsadlarda bu kisloroddan foydalanish uchun 
    uni qo‘shimchalardan tozalash kerak.
    Havodan kislorod 
    olish


    93
    Ajralib chiqayotgan kislorod havodan og‘ir bo‘lgani sababli havoni siqib chiqarish yo‘li 
    bilan yoki kislorod suvda juda oz erigani uchun suvni siqib chiqarish yo‘li bilan ham yig‘ib 
    olinishi mumkin. Bu usulda ancha toza kislorod yig‘ib olinadi.
    2. Suvni elektroliz qilib kislorod olish: 2Н
    2
    О→ 2Н
    2
    + О
    2

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish