• Asosiy tushunchalar
  • Topshiriqlar
  • Muhit Asosiy kimyoviy shakllar




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    Muhit
    Asosiy kimyoviy shakllar
    Massa, t
    Litosfera
    Silikatlar, alyuminosilikatlar, oksidlar, tuzlar
    10
    19
    Gidrosfera
    Suv
    1,5 · 10
    18
    Atmosfera
    Molekulyar kislorod
    1,2 · 10
    15
    Biosfera
    Tirik organizmlar tarkibidagi suv, karbon kislotalar, oqsillar, nuklein 
    kislotalar, uglevodlar, lipidlar
    10
    12
    Asosiy tushunchalar
    Asosiy tushunchalar ga shuni kiriting.
    Kislorod (lotincha Oxygenium) − O,
    Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhida joylashgan;
    Atom raqami 8, nisbiy atom massasi 15,9994. 
    Oddiy modda holda kislorod ikki atomli: O
    2
    Kislorodni nisbiy molekulyar massasi 32
    Birikmalardagi valentligi 2
    Oddiy sharoitda kislorod rangsiz, hidsiz va ta’msiz gaz bo’lib, 
    suvda juda oz eriydi.


    91
    Topshiriqlar
    Tarkibida kislorod boʻlgan 1400 dan ortiq minerallar maʼlum boʻlib, ularning asosiylari 
    kvars, dala shpatlari, slyudalar va karbonatlardir.
    Tabiatdagi ko‘plab jarayonlar (chirish, zanglash, nafas olish) kislorod ishtirokida boradi. 
    Tabiatda kislorod yashil o‘simliklardagi fotosintez jarayoni natijasida hosil bo‘ladi.
    C
    6
    H
    12
    O
    6
    + 6O
    2
    →6CO
    2
    + 6H
    2
    O + energiya
    6CO

    + 6H
    2
    O = C
    6
    H
    12
    O
    6
    + 6O

    Fotosintezda atmosferadagi karbonat angidrid gazi suv bilan ta’sirlashib, organik modda 
    va kislorod hosil qiladi. Bunda karbonat angidriddagi kislorodning yarmi biomassa hosil 
    qilish uchun qolgan yarmi esa suv hosil bo‘lishi uchun sarf bo‘ladi. Karbonat angidrid 
    ta’sirlashadigan suvdagi kislorod O2 holida to‘la atmosferaga o‘tadi. 
    Shunday qilib, fotosintez reaksiyasi kislorodni gidrosferadan atmosferaga va atmo-
    sferadan biosferaga o‘tishini ta’minlaydi. Fotosintezga teskari jarayon bo‘lgan nafas olishda 
    va nobud bo‘lgan tirik organizmlarni parchalanishi hamda yonishida kislorod biosferadan 
    atmosferaga hamda gidrosferaga qaytadi.
    1. Kislorodning tabiatda tarqalishi haqida nimalarni bilasiz? 
    2. Kislorodning nisbiy atom massasi va nisbiy molekulyar massasi nechaga teng?
    3. Quyidagi birikmalar tarkibidagi kislorodning massa ulushini hisoblang: 
    1) qum – SiO
    2

    2) ohaktosh – CaCO
    3

    3) so‘ndirilmagan ohak – CaO; 
    4) magnitli temirtosh – Fe
    3
    O
    4

    4. Kislorod tabiatda qanday birikmalar tarkibida uchrashi mumkin? Yashab turgan joyingizda 
    uchraydigan kislorodli birikmalarga misollar keltiring.
    5. “Baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi”. “Suv molekulasi tarkibida kislorod bo‘ladi”. 
    Ushbu gaplarda ishlatilgan “kislorod” so‘zlarini ma’nosi bir xilmi? Javobingizni izohlang.


    92

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish