88
Atmosfera suv, kislorod, azot, uglerod aylanishini tartibga soluvchi mexanizmning aso-
siy qismlaridan biridir. Atmosferaning ahamiyati
shundaki, u Yerdagi hayotni koinotning
halokatli ta’siridan himoya qiluvchi ekran bo‘lib xizmat qiladi. Atmosfera orqali o‘tuvchi
Qu yosh nuri hayot manbai hisoblanadi. Havo Yerdagi barcha tirik organizmlarning nafas
olishi uchun zarur vositadir. Undan barcha tirik hujayralar kislorod oladi.
Bundan tashqari,
inson faoliyatining turli sohalarida keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Havo tarkibi muammosi ko‘p asrlar davomida tadqiqot obyekti bo‘lib kelgan. Uning siri
ochilgach, hozirda insoniyat butunlay boshqa muammoga duch keldi: atmosfera havosi ta-
biiy va sun’iy tarzda ifl oslanib bormoqda.
Atmosferaning tabiiy ifl oslanishi uning tartibga solish funksiyasini ta’minlovchi omil sifati-
da qaralishi mumkin. Shuning uchun “ifl oslanish” atamasining o‘zi ma’lum darajada shartli.
O‘rmonlarning yonishi,
vulqon otilishi, biokimyoviy reaksiyalar natijasida ajraladigan gazlar
atmosferaga chiqadi.
Tabiiy atmosfera changlari tog‘
jinslarining parchalanishi, tuproq eroziyasi, o‘rmon va torf
yong‘inlari paytida hosil bo‘ladi. Atmosferada ular kondensatsiyaga uchraydi,
ularsiz qor,
yomg‘ir kabi yog‘ingarchilik hosil bo‘lmaydi.
Yer sharining havo qobig‘idagi zaharli moddalarning eng katta konsentratsiyasi sintetik
birikmalarning
sanoat chiqindilari bilan bog‘liq. Inson faoliyati tufayli havoda og‘ir
metallar
tuzlari, ammiak, aldegidlar, efi rlar va turli uglevodorodlar konsentratsiyasi oshdi.
Atmosferani ifl oslantiruvchi
biologik turlarga
viruslar, patogen bakteriyalar, qo‘ziqorin
sporalari va toksinlar kiradi.
Havoda chang zarralari va radionuklidlarning ko‘pligi
fi zikaviy ifl oslanishdan
dalolat
beradi. Bu ifl oslanishga shahar muhitidagi elektromagnit, termal va shovqin misol bo‘ladi.