• Modda miqdori. Mol Tarixiy eslatma
  • 1 mol = 6,02 · 10 23 Avogadro doimiysi
  • Modda miqdori. Avogadro doimiysi




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    Modda miqdori. Avogadro doimiysi. 
    Moddaning molyar massasi 
    O‘rganiladigan natijalar
    • Mol
    • Molyar massa
    • Modda miqdori
    • Avogadro doimiysi.
    Hamma narsani o‘lchash mumkin. Siz massa yoki 
    hajm birliklari bilan tanishsiz. Masalan, shakar sotib 
    olayotganda, o‘lchov birliklari – kilogramm, gramm 
    yordamida tarozida tortib uning og‘irligini aniqlaymiz. 
    Sut hajmini litr, millilitr yordamida aniqlaymiz. 
    1 kilogrammda necha dona zarralar borligini ham 
    aniqlay olamizmi?
    Kimyo – moddalar haqidagi fan. Moddalar atomlar 
    yoki molekulalardan tashkil topgan. Moddalarni qan-
    day birliklarda o‘lchash mumkin? Axir, atom va mole-
    kulalarni sanab, tortish mumkin emas. 
    Aynan shuning uchun moddani o‘lchashning max-
    sus birligi tanlandi: unda ikkita miqdor birlashtirildi – 
    molekulalar soni va moddaning massasi. Bunday bir-
    lik modda miqdori deb ataladi va o‘lchov birligi – mol. 
    Modda miqdori. Mol
    Tarixiy eslatma 
    1811-yilda Amadeo Avogadro bir xil harorat va bosimdagi ga-
    zlarning teng hajmlari teng miqdordagi molekulalarni o‘z ichiga 
    oladi, degan gipotezani ilgari surdi (Avogadro qonuni). Avogadro 
    gipotezasining natijasi oddiy gazlarning molekulalari ikkita atom-
    dan iborat bo‘lishi mumkin degan taxmin edi. U birinchi bo‘lib 
    kislorod, uglerod, azot, xlor va boshqa bir qator elementlarning 
    atom massalarini to‘g‘ri aniqladi, ko‘plab moddalar (suv, vodorod, 
    kislorod, azot, ammiak, xlor, azot oksidi) molekulalarining aniq mi-
    qdoriy atom tarkibini o‘rnatdi.
    1 mol =
    6,02 · 10
    23
    Avogadro doimiysi
    1 mol moddani o‘lchash uchun moddaning nisbiy massasi 
    qancha bo‘lsa, shuncha gramm olish kerak: 
    1 mol H
    2
    ning og‘irligi 2 g (Mr (H
    2
    ) = 2) 
    1 mol O
    2
    ning og‘irligi 32 g (Mr (O
    2
    ) = 32) 
    1 mol H
    2
    O og‘irligi 18 g (Mr (H
    2
    O) = 18) 
    Har qanday moddaning 1 molida doimo bir xil 
    miqdordagi molekulalar mavjudligi aniqlangan. Bu 
    raqam 6,02 • 10
    23
    ni tashkil etadi. 
    Moddaning 1 molida qancha molekula mavjud?


    61
    Masalan, 
    1 mol suv 6,02 • 10
    23
    H
    2
    O molekulalari
    1 mol natriy 6,02 • 10
    23
    Na atomlari;
    1 mol azot 6,02 • 10
    23
    N
    2
    molekulalari deganidir.
    Italiyalik olim Amedeo Avogadro sharafi ga bu raqam 
    Avogadro doimiysi deb ataldi. N
    A
    = 6,02 ∙ 10
    23
    bilan belgila-
    nadi.
    Avogadro doimiysi shunchalik kattaki, uni tasavvur qi-
    lish qiyin. U yer yuzidagi barcha odamlarning boshidagi 
    soch tolalaridan ko‘pdir. Amedeo Avogadro esa bu mi-
    qdorni hisoblab chiqdi.
    Moddaning mol bilan o‘lchanadigan miqdori – n harfi bi-
    lan ko‘rsatiladi. Molekulalar sonini (N) bilish uchun quyidagi 
    formuladan foydalanish mumkin: N = n N
    A

    Molekulalar sonini bilib, moddaning miqdorini topish 
    mumkin: n = N/N
    A

    1 mol moddani o‘lchash uchun nima qilish kerak? 
    Moddaning nisbiy molekulyar og‘irligi qancha bo‘lsa, shuncha gramm olish kerak. 1 mol 
    moddaning massasi molyar massa deb ataladi. U M harfi bilan belgilanadi, quyidagi formu-
    la bilan topiladi: М = m/n.
    Modda massasi kg (kilogramm) yoki g (gramm)larda, modda miqdori mol da ifodalanadi. 
    Moddaning molyar massasi esa kg/mol yoki g/mol da ifodalanadi. Molyar massaning son 
    qiymatini hisoblaymiz: n = 1 mol bo‘lganda m = N
    A
    (6,02 · 10
    23
    ) ta molekula massasiga teng 
    bo‘ladi.
    Butun dunyo bo‘ylab kimyogarlar, kimyoni o‘rganayotgan talabalar va kimyo ixlosmand-
    lari tomonidan har yili 

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish