56
II BOB. 18-MAVZU.
Oddiy va murakkab moddalar
O‘rganiladigan natijalar
• Oddiy
modda
• Murakkab modda
Element bitta atom turidan iborat bo‘ladi. Atom – kimyoviy elementning eng kichik zar-
rasi.
Oddiy moddalar turli agregat holatida uchraydi. Masalan, xona haroratida brom va si-
mob – suyuq, vodorod, kislorod, azot, xlor, geliy – gaz, temir, uglerod, oltingugurt, magniy,
kalsiy, temir – qattiq holda bo‘ladi.
Kimyoviy elementlar
oddiy moddalarni hosil
qiladi. Element larning nomlari va ular hosil qil-
gan oddiy moddalar
deyarli har doim bir-biriga
mos keladi, shuning uchun ularni ma’nosi bilan
farqlash kerak:
1. Kislorod probirkaga yig‘ildi –
bunda kislorod
oddiy moddadir;
2. Suv molekulasining tarkibida kislorod bor –
bu holatda kimyoviy element haqida gapirildi.
Bitta kimyoviy element allotropik modifi katsi-
ya deb ataladigan bir
necha turdagi oddiy mod-
dalarni (allotropiya) hosil qilishi mumkin. Turli al-
lotropik o‘zgarishlar bir-biriga o‘tishi mumkin.
Tabiatda kisloroddan
ozon hosil bo‘lishi
Brom
Simob
Geliy Kislorod
Magniy Kalsiy Temir
Yozayotgan ruchkangizni yasashda qanday
kimyoviy elementlar ishlatilgan deb o‘ylaysiz?
Oddiy moddalar
Element
57
Murakkab moddalar
Asosiy tushunchalar
Oddiy moddalar – bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar.
Murakkab moddalar – turli element atomlaridan tashkil topgan moddalar.
Allotropiya – bitta kimyoviy elementning bir nechta oddiy modda hosil qilish hodisasi.
Allotropik modifi katsiya – bir elementning bir-biridan fi zik
va kimyoviy xossalari bilan
farqlanuvchi shakl o‘zgarishlari.