|
7 sinf ximiya indd Pdf ko'rish
|
bet | 47/157 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 66,04 Mb. | | #150134 |
Bog'liq 7-sinf KIMYO 2022II BOB. 17-MAVZU.
Molekula. Nisbiy molekulyar massa
O‘rganiladigan natijalar
• Molekula
• Nisbiy molekulyar massa
1647-yilda fransuz
olimi P. Gassendi
atomlarni kichik guru-
hlarga birlashtirishni,
bu guruhni “moleku-
la” (lotincha moles –
massa) deb nomlash-
ni taklif qilgan.
Vodorod
molekulasi
Glyukoza
molekulasi
Molekula – har qanday murakkab mod-
daning eng kichik zarrasi. U bir xil yoki turli
atomlardan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan,
vodorod gazi molekulala rida ikkita vodorod
atomi, glyukoza molekulasida (meva shaka-
ri) 24 atom – har birida 12 vodorod atomi, 6
uglerod va kislorod atomlari mavjud.
Botanik olim R. Braun 1827-yilda
taso
difan molekulalarning cheksiz ha-
ra
katini aniq ko‘rsatuvchi juda mu-
him kashfi yot qildi. U o‘simliklarning
changlarini mik
roskop ostida ko‘rish
maqsadida chang larga suv tomizib, ara-
lashtirib mikroskop ostiga qo‘ydi. Oku-
lyardan qarab, chang
ning harakatla-
nayotganini va uning hara katini istalgan
vaqtda kuzatish mum kinligini ko‘rdi. Kichik zarra cha larning bu harakati
keyinchalik “Braun harakati” deb ataldi.
Olimlar mikroskop ostida ko‘rilgan gul changlarining harakatini moleku lalarning ko‘rin-
mas harakati bilan izohladilar. Ko‘rinmas suv molekulalari tartibsiz harakatlanib, yengil gul
changlarini itaradi va ularni ham tasodifi y harakatga keltiradi.
Molekulalarning harakatini diff uziya hodisasi ham tasdiqlaydi (lotincha “diff usio” – tarqa-
lish). Bu harakatla nuvchi bir moddaning molekulalari boshqa bir moddaning molekulalari
orasiga kirib borishi bilan bog‘liq. Masalan, hidning havoda tarqalishi, qandning suvda erishi
va boshqa shunga o‘xshash hodisalar diff uziyaga misol bo‘ladi. Haroratning oshishi bilan
diff uziya tezroq sodir bo‘ladi, chunki bu holda molekulalar tezroq harakatlana boshlaydi.
Kundalik hayotdagi diff uziya hodisasiga misollar
|
| |