• Valentlik
  • 7 sinf ximiya indd




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    II BOB. 16-MAVZU.
    Kimyoviy formula. Valentlik
    O‘rganiladigan natijalar
    • Kimyoviy formula
    • Valentlik 
    • Indeks 
    Kimyoviy formula – birikma tarkibidagi elementlarni va 
    ularning nisbatlarini ko‘rsatish uchun ishlatiladigan kimyoviy 
    belgilar to‘plami. Kimyoviy formulalarni yozishning muayyan 
    usullari va qoidalari mavjud. Kimyoviy formulalarni yozishni bi-
    lish uchun kimyoviy elementlar va ularning belgilarini yodlab 
    olish kerak. Siz yodlay olmaydigan belgilarni esa davriy jad-
    valdan topishingiz mumkin.
    Molekulalar hosil bo‘lishida atomlar tasodifi y emas, balki 
    maxsus kimyoviy bog‘lanishlar orqali ma’lum bir ketma-ketlik-
    da bog‘lanadi. Har bir atom faqat ma’lum miqdordagi bunday 
    bog‘lanishlarni hosil qilishi mumkin. XIX asrda olimlar turli ele-
    mentlarning atomlari boshqa atomlarni o‘zlariga biriktirish qo-
    biliyatiga ega ekanini aniqladilar.
    Valentlik – ma’lum bir element atomining boshqa element 
    atomlari aniq sonini biriktirib olish imkoniyati.
    Tarixiy eslatma 
    Bu suvning 
    grafi k formulasi.
    Formuladan kislorod atomining mole-
    kuladagi ikkita vodorod atomiga bog‘-
    langanini, vodorod atomlari esa bog‘lan-
    maganini ko‘rish mumkin. Kis lorod atomi 
    ikkita bog‘ hosil qiladi. Shuning uchun kis-
    lorodning valentligi ikki, vodorod atomlari 
    esa bittadan bog‘ langani uchun valentligi 
    bir deb belgilanadi. Demak, suv moleku-
    lasi ikkita vodo rod (H) va bitta kislorod (O) 
    atomlaridan tashkil topgan.
    Xuddi shu formulani 
    molekulyar holatda 
    yozamiz:
    H
    2
    O
    Vodorod kimyoviy belgisining pastki o‘ng 
    tomonida turgan 2 raqami 
    indeks deb at-
    aladi va suv tarkibidagi vodorod atomlari 
    sonini ko‘rsatadi.
    Vodorod atomi hech qachon bittadan or-
    tiq boshqa element atomini biriktirib olmay-
    di. Shuning uchun vodorodning valentligi 
    boshqa elementlar valentligini belgilashda 
    o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan.

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish