|
7 sinf ximiya indd Pdf ko'rish
|
bet | 40/157 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 66,04 Mb. | | #150134 |
Bog'liq 7-sinf KIMYO 2022II BOB 14-MAVZU
Kimyoviy elementning nisbiy atom
massasi
O‘rganiladigan natijalar
• Nisbiy atom massa
• Massaning atom birligi
Rasmda ba’zi kimyoviy elementlar atomlari-
ning sharsimon modellari ko‘rsatilgan. Albat-
ta, haqiqiy o‘lchamlarda emas, balki ko‘p
marta kat
ta
lashtirilgan holda, chunki atomlar
shuncha lik ki chikki, ularni hatto eng yaxshi optik
mikroskop larda ham ko‘rib bo‘lmaydi.
Turli elementlar atomlari bir-biridan qanday farq qiladi?
XX asr oxirida olimlar bir necha o‘n
million marta kattalashtirish imkonini
beruvchi yanada rivojlangan mikrosko-
plar yaratildi. Bunday mikroskop mod-
daning yuzasida alohida joylash gan
atomlarni aniq ko‘rsatadi.
Zamonaviy fanda atomlarning o‘lchamlari va
massasini aniqlash usullari mavjud. Masalan, eng
yengil atom vodorod atomidir. Uning massasi
0,000000000000000000000000016735 kg. Eng
kichik atom geliy (He) hisoblanadi. Ushbu atomning
diametri taxminan 0,00000000098 m.
Bunday raqamlarni yozish va o‘qish qiyin, shun-
ing uchun ular odatda qulayroq shaklda taqdim eti-
ladi: 1,6735 ∙ 10
−27
kg va 9,8 ∙ 10
−10
m. Ko‘pgina
kimyoviy elementlarning atomlari geliy atomidan
ancha katta. Ulardan eng kattasi fransiy (Fr) ele-
mentining atomidir. Uning diametri geliy atomining
diametridan 7 marta katta.
Turli elementlarning atomlari massa jihatidan yanada farq qiladi. Atomning massasi ma
belgisi bilan belgilanadi va SI massa birliklarida (kg) ifodalanadi. Masalan, uglerod atomi-
ning massasi: m
a
(C) = 19,94 ∙ 10
−27
kg, kislorod atomining massasi esa m
a
(O) = 26,56 ∙
10
−27
kg. Yerda mavjud bo‘lgan eng og‘ir element uran (U) atomining massasi vodorod
atomi ning massasidan deyarli 237 marta katta.
Atomlarning bunday kichik massalaridan hisob-kitoblarda foydalanish noqulay. Bundan
tashqari, XIX asrda atom va molekulyar nazariya shakllana boshlangan davrda olimlar
atomlarning haqiqiy o‘lchamlari va massalari haqida tasavvurga ega emas edilar. Shuning
uchun amalda atomlarning haqiqiy massalari o‘rniga ularning nisbiy qiymatlari qo‘llanila
boshlandi. Ular oddiy moddalarning bir-biri bilan reaksiyalarida massa nisbatlaridan
hisoblab chiqilgan. Kimyogarlar bu nisbatlar mos keladigan atomlarning massalariga
proporsional deb taxmin qilishgan. XIX asrning boshlarida J. Dalton nisbiy atom massasi
tushunchasini kiritdi, taqqoslash birligi sifatida eng yengil atom vodorodning massasini oldi.
Hozirgi vaqtda bunday taqqoslash birligi sifatida uglerod atomi massasining 1/12 qismi
ishlatiladi va massaning atom birligi (m.a.b.) deb ataladi. Uning xalqaro belgilanishi –
|
| |