55
Olma Yer
sharidan qanchalik kichik
bo‘lsa, molekula olmadan shunchalik
kichikdir.
Kimyoviy reaksiyalarda molekulalar
atomlarga par cha lanadi yoki
atomlardan ib-
orat tarkibini o‘zgartiradi.
Atomlar esa kimyoviy reaksiyalarda de-
yarli o‘zgarishsiz qoladi. Atomlardan mole-
kulalar hosil bo‘ladi.
Kimyoviy reaksiya (o‘zgarish) – atomlar
harakatining o‘ziga xos turi.
Bu materiya
harakatining kimyoviy shakli sanaladi.
Atom va molekula
Nisbiy molekulyar massa
Atomlar kabi molekulalarning ham absolyut massalari juda kichik sonlarda ifodalanadi.
Masalan, suvning bitta molekulasi massasi 29,91·10
-27
kg ni tashkil
etadi va bu kabi kichik
sonlar bilan hisoblashlar olib borishda o‘ziga xos qiyinchiliklar kelib chiqadi. Shuning uchun
nisbiy fi zik kattalik bo‘lgan – nisbiy molekulyar massa – Mr dan foydalanish maqsadga mu-
vofi q.
Nisbiy molekulyar massa molekulani tashkil etuvchi atomlarning nisbiy atom massalari
yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Mr (H
2
O)= 2⋅Ar (H) + Ar (O) = 2⋅1 + 16 = 18 Mr (CO
2
)= Ar(C) + 2⋅Ar(O) = 12 +2⋅16 = 44
H
2
O CO
2
Sulfat
kislota H
2
SO
4
ning nisbiy molekulyar massasi:
Mr (H
2
SO
4
)= 2 ⋅ Ar (H) + Ar (S) +4 ⋅ Ar (O) = 2 ⋅ 1 +32+2 ⋅ 16 = 98
Nisbiy molekulyar massa nisbiy atom massalari kabi o‘lchamsiz kattalikdir. Mr qiyma-
ti berilgan modda molekulasining massasi atom massa birligi –
u dan necha marta katta
ekanini ko‘rsatadi.
Misol uchun, agar Mr (H
2
O) = 18 bo‘lsa, bu H
2
O molekulasining massasi
uglerod atomi massasining 1/12 qismidan 18 marta, ya’ni atom massasi birligidan 18 marta
katta ekanini anglatadi. Shunga ko‘ra, H
2
SO
4
molekulasining massasi uglerod atomi mas-
sasining 1/12 qismidan 98 marta katta.
1. Sulfat kislota
tarkibida ikkita vodorod atomi, bitta oltingugurt atomi va to‘rtta kislorod atomi
mavjud. Ushbu moddaning nisbiy molekulyar massasini toping.
2. Quyidagi moddalardan qaysi birining nisbiy molekulyar massasi 100 ga teng?
H
3
PO
4
, CaCO
3
, NaCl, NO
2
3. Nima uchun nisbiy atom massa va nisbiy molekulyar massaning birligi mavjud emas?