• Topshiriqlar
  • 7 sinf ximiya indd




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    Tarixiy eslatma
    Kimyoviy elementlarning tarqalishi
    Koinotda eng ko‘p tarqalgan ele-
    ment vodorod (massa bo‘yicha 74%). 
    U Katta port lashdan beri saqlanib qol-
    gan. Vodorodning arzimas qismigina 
    yulduzlarda og‘ir roq elementlarga ay-
    lana oldi. Yerda eng keng tarqalgan 
    element – kislorod (46–47%). Uning 
    katta qismi oksidlar, birinchi navbat-
    da kremniy oksidi (SiO
    2
    ) shaklida 
    bog‘langan.


    46
    Topshiriqlar
    1. “Atom” va “kimyoviy element” tushun cha larining farqi nimada?
    2. Qo‘shimcha adabiyotlardan kashfi yotlar tarixiga oid ma‘lumotlarni toping, darslikda keltirilgan 
    kimyoviy elementlardan biri nomining kelib chiqishi, tarixi haqida ma’lumotlarni qulay bo‘lgan istal-
    gan shaklda taqdim eting (xabar, rasm, sxema, she’r va shu kabi).
    3. Kimyoviy elementlarning Davriy jadvalidagi tartib raqamlariga ko‘ra elementlar belgisi yozil-
    gan piramida tuzing.
    1
    4 6 8
    11 13 15 17
    20 24 26 30 34
    4. Kimyoviy elementlarning yer qobig‘ida tarqalishi ularning koinotda tarqalishidan keskin farq 
    qilishiga sabab nima deb o‘ylaysiz?
    5. Kimyoviy xaritada belgilari keltirilgan elementlarning nomlarini davriy jadvaldan ko‘rib 
    nomlang
    .
    Olimlar sharafi ga nomlangan kimyoviy elementlar
    Gadoliniy (Gd) — fi n kimyogari Yoxan Gadolin sharafi ga.
    Kyuriy (Cm) — fransuz olimi Per Kyuri sharafi ga.
    Eynshteyniy (Es) — nemis fi zigi Albert Eynshteyn sharafi ga nomlangan.
    Fermiy (Fm) — amerikalik italyan fi zigi Enriko Fermi sharafi ga.
    Mendeleyeviy (Md) — rus kimyogari Dmitriy Ivanovich Mendeleyev sharafi ga.
    Nobeliy (No) — shved olimi Alfred Nobel sharafi ga 
    Lourensiy (Lr) — amerikalik fi zik Ernest Orlando Lourens sharafi ga.
    Rezerfordiy (Rf) —Yangi Zelandiyada tug‘ilgan ingliz fi zigi Ernest Rezerford sharafi ga.
    Siborgiy (Sg) — amerikalik fi zik Glenn Siborg sharafi ga.
    Rentgeniy (Rg) —nemis fi zigi Vilgelm Konrad Rentgen sharafi ga nomlangan. 
    Kopernisiy (Cn) — polshalik astronom Nikolay Kopernik sharafi ga.


    47

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish