• Elektron
  • Dalton atomni qanday tasavvur qilganini ayting




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    Dalton atomni qanday tasavvur qilganini ayting
    Atomda nimalar bor?


    42
    Asosiy tushunchalar 
    Proton atom yadrosida joy-
    lashgan musbat zaryadlangan 
    kichik zarrachadir.
    Neytron – atom yadrosi-
    da joylashgan neytral mayda 
    zarracha.
    Elektron – atom yadrosidan 
    tashqarida joylashgan manfi y 
    zaryadlangan kichik zarracha.
    Subatom zarrachalar – 
    atom dan kichik zarralar.
    Yadro atomning og‘ir qismi-
    dir.
    Elektronlar yadro atrofi da 
    aylanadi.
    gan va musbat zaryad langan yadro hamda uning atrofi da 
    doiraviy orbita bo‘ylab harakatlanadigan elektronlardan tashkil 
    topadi. 
    Atom ikkita hududga ega: atom yadrosi va elektron qa-
    vat (orbitalar). Atom yadrosida neytronlar va protonlar mav-
    jud. Sayyoralar Quyosh atrofi dagi harakat qilganidek, elek-
    tronlar yadro atrofi dagi qavatlarda aylanadi. Har bir elektron 
    yadrodan ma’lum masofada joylashgan. Atomning deyarli 
    barcha massasi yadroda to‘plangan. Demak, yadro atomn-
    ing og‘ir qismidir. Ammo yadro elektronlar egallagan hajmga 
    nisbatan juda kichik joyni egallaydi. Ushbu model Quyosh 
    sistemasiga o‘xshab ketgani sababli uni atomning planetar 
    modeli deb ataldi.
    E’tibor bering, qavatlar elektronlarning yadro atrofi da ha rakatlanuvchi yo‘llaridir. Beril-
    gan atomda proton va elektronlar soni teng bo‘ladi. Masalan, vodorodda bitta proton va 
    bitta elektron, geliyda ikkita proton va ikkita elektron, litiyda uchta proton va uchta elek-
    tron mavjud. 
    Vodorod Geliy Litiy
    Sochingiz yoki ipak tolani qalam uchi bilan ishqalang. 
    Qalamni qog‘oz bo‘laklariga yaqinlashtiring.
    1. Nimani kuzatdingsiz? 
    2. Nima uchun ular bir-birini o‘ziga tortyapti? 
    3. Qanday turdagi zaryadlar bir-birini tortadi? 
    Ikki turdagi elektr zaryadlari mavjud: musbat va man-
    fi y. Protonlar musbat zaryadlangan. Elektronlar manfi y 
    zaryadlangan, neytronlar zaryadsiz, ya’ni neytraldir. Pro-
    tonning zaryadi +1, elektronniki -1ga teng. Neytron nol 
    zaryadga ega. Atomda proton va elektronlar soni teng 
    bo‘lgani sabablib u elektrneytral hisoblanadi.
    Zarrachalar ilmiy tilda elektron – e, proton – p, neytron 
    – n harfi bilan belgilanadi.
    Protonning massasi 1,673 ∙ 10
    –24
    g, ney tronning massasi esa 1,675 ∙ 10
    –24
    g. Shun-
    day qilib, proton va neytron deyarli bir xil massaga ega. Elektronning massasi juda kichik, 
    0,0009109 ∙ 10
    –24
    g bo‘lganligi sababli uning massasi taxminan nolga teng deb hisoblanadi.

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dalton atomni qanday tasavvur qilganini ayting

    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish