38
Ibn Sino Arastuning tabiat falsafasini hi-
moya qilgan. Beruniy esa Ibn Sinoga e’ti-
roz bildirgan. Ular ning bahsi asosan Aras-
tu tabiat falsafasining muhim masalalaridan
biri – jismlarning cheksiz bo‘linishi bo‘yicha
bo‘lgan. Bu borada Beruniyning Ibn Sinoga
qarshi chiqqanini ko‘rgan ayrim muallifl ar uni
Demokrit atomizmining tarafdori degan xu-
losaga kelganlar.
Lekin Beruniy bu masalaga birmuncha
jiddiyroq qaragan. U bo‘linish muammosini
hal etishda shunday yo‘lni topishga harakat
qiladiki, ikki ta’limot – atomistik va cheksiz bo‘linishning o‘ziga xos qarama-qarshiliklari va
cheklanishlarini bartaraf etishga intiladi. Beruniy atomistik nazariyasini Demokrit ato mistik
nazariyasidan farqi shundaki, Abu Rayhon Beruniy bo‘shliqni inkor etsa, Demokrit bo‘shliq
– dunyoning zaruriy ajralmas qismi, deb hisoblaydi.
Beruniy Arastuni tanqid qilishda dastavval
tajri baga murojaat etadi. Uning bu yo‘li Arastun-
ing kuzatuvchilik usuliga qarshi qaratilgan edi.
Shunday qilib, Beruniy jismlarning cheksiz bo‘li-
nuvchanligini tan olish va bo‘linmas zarrachalar
to‘g‘risidagi atomistik ta’limotning cheklanganini
ko‘rsatishga intiladi-yu, bi
roq bu muammoni
to‘liq hal qila olmaydi. Yangi afl otuncha tamoy-
illar al-Kindiy, ar-Roziy, Forobiy va Ibn Sino fal-
safi y qarashlarida namoyon bo‘lgan. Al-Kindiy
tafakkurida ko‘proq Arastu qarashlari ustunlik
qilsa, ar-Roziyda Afl otun qarashlari kuchliroq
edi