• Modda, moddalarning xossalari, fi zik va kimyoviy hodisalar
  • 7 sinf ximiya indd




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    I BOB 10-MAVZU
    Masalalar yechish
    O‘rganiladigan tushunchalar
    • Kimyo tarixi; 
    • Modda, moddalar ning xossalari, 
    • Fizik va kimyoviy hodisalar; 
    • Jihozlar bilan ishlashda xavfsizligi 
    qoidalari; 
    • Sof modda va aralashmalar. 
    Kimyo tarixi
    1. Kimyoning rivojlanish bosqichlariga oid jadvalni to‘ldiring.
    2. Kimyoning asosiy tarmoqlarini daraxt yoki sxema tarzida ifodalang.
    Kimyoning rivojlanish bosqichlari
    Olimlar erishgan yutuqlar 
    3. Alkimyo va zamonaviy kimyoni qanday farqlagan bo‘lar edingiz? Nima uchun?
    4. Qaysi faylasuv olim alkimyoga qarshi bo‘lgan? Bu olim haqida nimalarni bilasiz?
    5. Fanga qo‘shgan hissasi sababli G‘arbda mashhur bo‘lgan Sharq mutafakkirlari haqidagi 
    jadvalni to‘ldiring.
    Sharq mutafakkirlari
    G‘arbdagi nomi
    Modda, moddalarning xossalari, fi zik va kimyoviy hodisalar
    1. Jadvalda keltirilgan moddalardan qanday mahsulotlar olish mumkinligini yozing.
    Moddalar
    Mahsulotlar ( jism)
    1. Mis
    1.
    2.
    3.
    2. Temir
    1.
    2.
    3.
    3. Shisha
    1.
    2.
    3.
    2. Quyidagi moddalar orasidagi aniq farq nima ekanligini izohlang:
    a) suv va karbonat angidrid; 
    d) sirka va benzin;
    b) osh tuzi va shakar; 
    e) mis va alyuminiy.
    3. Osh tuzi va shakarni qaysi belgilariga ko‘ra adashtirish mumkin? Ularni osongina ajratish 
    mumkin bo‘lgan ikkita belgisini ayting.
    4. Quyidagi hodisalarning qaysi biri fi zik, qaysi biri kimyoviy ekanini aniqlang.
    1) muzning erishi
    2) karbonat angidriddan ohak suvining loyqalanishi;
    3) temir chelakning zanglashi;
    4) barglarning chirishi;
    5) suvning qaynashi; 
    6) shamning yonishi
    7) kumush qoshiqning qorayishi;
    8) shakarning suvda erishi.


    35
    1. Kimyo xonasida quyidagilarga ruxsat beriladi: __________________.
    2. Kimyo xonasida quyidagilar taqiqlanadi: _______.
    3. Nima uchun reaksiya olib borilayotgan va qiz-
    dirilayotgan idishlarga engashib qarash mumkin emas? 
    4. Tanishgan qoidalaringiz asosida o‘zingiz va sinf-
    dosh laringiz foydalanishi uchun tayyorlagan rasmli es-
    latmangiz asosida ogohlantiruvchi qoidalarni izohlang. 
    5. Shisha va plastik idishlar to‘plamini ko‘rib chiqing, 
    ularni solishtiring. Shisha idishlarning afzallik va kamchi-
    liklarini sanab o‘ting.
    6. Probirkani shtativga mahkamlash va uni qanday 
    isitish kerakligini ko‘rsating yoki izohlang. Olovning qaysi 
    qismi eng yuqori haroratga ega ekanini unutmang.
    7. Qaysi qurilma ham fi zik, ham kimyoviy tajribalarni 
    o‘tkazishda tayanch vazifasini bajaradi?
    8. Kimyoviy reaksiyalarning paydo bo‘lishining shart-
    laridan biri isitishdir. Buning uchun qanday quril malardan 
    foydalanish mumkin? Ular qanday tuzilgan?
    1. Qaysi biri sof modda: dengiz suvi, azot, kislorod, 
    havo, granit, sut, shakar, murabbo, temir? Izoh bering.
    2. Tutundan qurum, tumandan shudring hosil bo‘lishi, sutdan qaymoq ajralishi qaysi 
    aralashmalarni ajratish usuliga misol bo‘ladi?
    3. Qum, elak, bir necha qavat doka fi ltr vazifasini bajarishi mumkinmi?
    4. Siz toqqa sayrga chiqdingiz. Tasodifan osh tuzi qo‘lingizdan tushib ketdi, natijada tuz
    namlandi va tuproq bilan aralashib qoldi. Boshqa tuz yo‘q. Muammoni qanday hal qilasiz?
    Atrofi ngizda yuqoridagi belgilarni 
    uchratganmisiz? 
    Javobingizni izohlang.
    Kiyimlarga nima uchun shartli 
    belgilar qo‘yiladi? Ularning 
    ma’nosini bilasizmi?

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish