31
Ruchkangiz kechagina kiygan oppoq ko‘ylagin-
gizning cho‘ntagida qolib ketibdi. Ertalab qarasangiz,
ruchka siyohi toshib, ko‘ylagingiz dog‘ bo‘libdi. Bu
dog‘ni oddiy yuvish orqali ketkazib bo‘lmasligini anglab,
onangizga sekin aytdingiz. O‘ylab ko‘ring-chi, onangiz
qanday usulda dog‘ni ketkazishi mumkin?
Siyohni ketkazish uchun dastlab u nimadan tay-
yorlanganiga e’tibor qaratish kerak.
Siyoh ko‘pincha 2 komponentdan iborat bo‘ladi.
Yozuv hosil bo‘lishiga qarab, pigment turli xil zichlikda
bo‘ladi.
Ruchka turi
Siyoh turi
Sharikli
Moyli asosdagi ko‘k, qora, binafsharang,
qizil rangli zich pigment
Gelli
Gelga aralashtirilgan turli bo‘yoqlar
Jadval ma’lumotlariga asoslanib, siyoh izini ketka-
zish prinsipi pigment siyoh bazasini eritish bilan bog‘liq
degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Zarur jihoz va moddalar:
– paxta yostiqchalari;
– keraksiz toza tish cho‘tkasi;
– tish pastasi (1-usul);
– spirt (2-usul);
– suv (issiq va sovuq).
1-usul. Tish pastasi yordamida tozalash
Ushbu vosita atigi 5 daqiqada yangi siyoh izlarini o‘chiradi. Buning uchun oq rangli tish
pastasini olish kerak.
Kiyimni stol ustiga qo‘ying. Tish pastasini dog‘ ustiga siqing. Tish pastasini teng ravishda
taqsimlang.
Aylanma harakatlar bilan dog‘ni eski, ammo toza tish cho‘tkasi bilan ishqalashni bosh-
lang.
Agar mato yupqa bo‘lsa, dog‘ tez ketadi. Qalin matolarda jarayon biroz sekinroq kechadi.
Tozalangan kiyim odatdagidek issiq suvda yuviladi.