27
Modda holatining o‘zgarishiga olib keladigan jarayonlar
Moddaning umumiy o‘zgarishida bir nech-
ta jarayonlar ishtirok etadi. Ularga erish, muz-
lash, sublimatsiya, cho‘kish,
kondensatsiya va
bug‘lanish kiradi.
Modda bir holatdan ikkinchi holatga o‘tgan-
da holat o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Holatning
o‘zgarishi materiyadagi fi zik o‘zgarishlardir. Bu
moddalarning kimyoviy tarkibini yoki kimyoviy
xususiyatlarini o‘zgartirmaydigan qaytariladi-
gan o‘zgarishlar. Moddaning holati harorat va
bosimga bog‘liq.
1. Suvning agregat holati uning aylanishi bilan qanday bog‘liq?
2. Gaz va suyuqliklarning tuzilishida qanday umumiylik bor?
3. Suv qaynab, bug‘ga aylandi. Suv molekulalari o‘zgarganmi?
Tadqiqot
Suv 10,3
kPa bosim, harorat 100°C dan yuqori
bo‘lganda gaz (bug‘) holatda, harorat 0°C dan 100°C
oralig‘ida suyuq, harorat 0°C dan quyi haroratda qat-
tiq (muz) holatda bo‘ladi.