• Topshiriq 2. Filtratni bug‘latish
  • fi ltrat deyiladi. 25 3




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    fi ltrat deyiladi.


    25
    3. Tajribadagi har bir jarayon alohida nom-
    lanib, tajriba qisqacha izoh lanadi. Ishni baja-
    rish jarayonida ishlatilgan asboblarning rasmi 
    chiziladi. Sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan xu-
    losalar chiqariladi.
    4. Olingan natijalar yuzasidan yakuniy xu-
    losalar bayon etiladi.
    Filtrlashning mohiyati
    Filtrlashda qattiq zarrachalari bo‘lgan suyuqlik g‘ovakli bo‘linma orqali o‘tadi. Bo‘linmada-
    gi teshikchalar shunchalik kichikki, qattiq zarralar ular orqali o‘tmaydi, suyuqlik esa osongina 
    o‘tadi. Qattiq moddalarni ushlab turuvchi bu qism fi ltr deb ataladi. Laboratoriya amaliyotida 
    ishlatiladigan fi ltr materiallarini ikki turga bo‘lish mumkin: sochiluvchan va g‘ovakli. Birinchi 
    turga kvarts qumi, ikkinchisiga fi ltr qog‘ozi kiradi. Filtr qog‘ozi oddiy qog‘ozdan yelimlanma-
    ganligi, tarkibi jihatidan tozaligi va tolaliligi bilan farq qiladi. Birinchi marta bunday qog‘oz 
    suyuqliklarni tozalash uchun Xitoyda ishlatilgan. Laboratoriyada qo‘llanadigan qog‘oz fi ltrlari 
    ikki xil bo‘ladi: oddiy va qatlamli. 
    Oddiy fi ltr yasash uchun maʼlum oʻlchamdagi (choʻkma kattaligiga va voronkaning oʻl-
    chamiga qarab) kvadrat shakldagi fi ltr qogʻozi toʻrt marta buklanadi, soʻng qaychi bilan ke-
    siladi (a). 
    Qatlamli yoki tekis fi ltr bilan fi ltrlash jarayoni tezroq bo‘ladi, chunki uning fi ltrlash yuzasi 
    oddiy fi ltrdan ikki baravar katta (b).
    a) b)
    Ifl oslangan osh tuzini tozalash yuzasidan o‘tkazilgan tajribani sxemalar yoki rasmlar asosida 
    ifodalang.
    Topshiriq
    2. Filtratni bug‘latish
    Filtratni chinni kosachaga quyib, shtativ 
    halqasiga o‘rnatiladi. Shtativ tagligiga qo‘yilgan 
    spirt lampa yoki gaz gorelkasi alangasi chinni 
    kosacha tagiga tegadigan qilib yoqiladi va qizdi-
    rish olib boriladi. Eritma sachramasligi uchun 
    shisha tayoqcha bilan aralashtirib turiladi. Chin-
    ni kosacha tagida tuz kristallari hosil bo‘la bosh-
    lashi bilan qizdirish to‘xtatiladi. Olingan tuzning 
    tashqi ko‘ri nishi ko‘zdan kechi riladi.


    26

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish