29
Zarur jihoz va moddalar: kolbalar,
oddiy suv, osh sodasi erit-
masi,
limon sharbati, olcha murabbosi.
Ishning borishi:
1. Olcha murabbosini oz miqdorda suvda eritamiz.
2. Uni uchta probirkaga quyamiz.
3. 1-stakanga tahlil uchun hech narsa qo‘shilmaydi.
4. 2-probirkadagi olcha murabbosi eritmasi ustiga limon
sharbatidan, 3-probirkaga osh sodasi eritmasidan quyiladi.
4. Probirkalarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuza-
ting.
Tajribada olcha murabbosi indikator bo‘lib, 1-probirkada-
gi eritma kislotali (qizil) va 2-probirkadagi
eritma ishqoriy
(yashil) muhitga ega ekani namoyon bo‘ladi.
Tajribada kimyoviy hodisa sodir bo‘ldi.
Ko‘pgina moddalar bir-biri bilan o‘z-o‘zidan ta’sirlasha olmaydi, buning uchun ma’lum
sharoitlar yaratiladi:
– moddalarning zarrachalari bir-biriga tegib turishi uchun