|
(ifl oslangan osh tuzini tozalash) Pdf ko'rish
|
bet | 20/157 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 66,04 Mb. | | #150134 |
Bog'liq 7-sinf KIMYO 2022(ifl oslangan osh tuzini tozalash)
O‘rganiladigan natijalar
• Eritish
• Filtr tayyorlash
• Filtratni bug‘latish
Asosiy tushunchalar
Filtrlash – geterogen ara-
lashmalarni (tuz va qum, moy
va suv) ajratish uchun mo‘ljal-
langan jarayon.
Bug‘latish – qattiq, uchuv-
chan bo‘lmagan yoki uchuv-
chanligi yomon bo‘lgan mod-
dalar eritmalarini qaynatish
davrida erituvchisini va hosil
bo‘lgan bug‘larni chiqarib
yuborish jarayoni.
Tarixiy eslatma
Osh tuzi – odamlar tabiiy ravishda iste’mol qiladigan
mineraldir. O‘zbekistonda eng yirik zahiralari Orol dengizi
boʻyida joylashgan. Kamida ikki ming yil oldin osh tuzini
olish uchun dengiz suvini bug‘lash orqali amalga oshiril-
gan. Bu usul dastlab quruq va issiq iqlimili mamlakatlarda
suvning tabiiy ravishda bug‘lanishi hisobiga sodir bo‘lgan;
keyinchalik sho’r suvlarni sun’iy ravishda qizdirila bosh-
landi.
Katta yoshdagi odamlar uchun tavsiya etilgan kunlik
tuz miqdori 6 gramm. Biz toza tuzdan foydalanamiz va ta-
biiy tuz tarkibida juda ko‘p qo‘shimchalar mavjud, shu ning
uchun u tozalanadi.
Ifl oslangan osh tuzini tozalash
1. Ifl oslangan osh tuzini eritish
20 ml distillangan suvga shisha tayoqcha bilan aralashtir-
gan holda ifl oslangan osh tuzi oz-ozdan qo‘shiladi. Tuz erimay
qolgandan so‘ng tuz qo‘shish to‘xtatiladi. Eritmaning tashqi
ko‘rinishi ko‘zdan kechi riladi.
Filtr tayyorlash
Kvadrat shaklidagi fi ltr qog‘oz to‘rtga buklanadi, chetlari
yarim yoysimon shaklda, voronka o‘lchamiga moslab qaychi
bilan qirqiladi, so‘ngra yoyib voronka shaklidagi konussimon
fi ltr hosil qilinadi. Filtr voronka chetidan 0,5 cm pastda turgani
ma’qul.
Filtrni voronkaga joylab, osh tuzining loyqa eritmasini fi ltr
devoriga tegizilgan shisha tayoqcha yordamida asta-sekin fi l-
trga quyiladi.
Filtrdan o‘tgan tiniq eritma
|
| |