• I BOB 5-MAVZU Sof modda va aralashmalar Moddalar qanday tasnifl anadi O‘rganiladigan natijalar •
  • 7 sinf ximiya indd




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    Isitgich bilan ishlash
    Tekshiriluvchi modda solingan probirka qiz dirgichga tegguncha kiritiladi. Isitgich tarmoqqa 
    ulanadi va himoya ekranidagi teshiklar or qali probirkada sodir bo‘ladigan jarayonlar 
    kuzatiladi.


    20
    I BOB 5-MAVZU
    Sof modda va aralashmalar
    Moddalar qanday tasnifl anadi?
    O‘rganiladigan natijalar
    • Sof modda
    • Aralashmalar
     Gomogen va geterogen aralashmalar
     Tabiatdagi sof moddalar
     Har xil tarkibli moddalar 
    Asosiy tushunchalar 
    Tarkibi va xossalari butun hajmi bo‘yicha 
    bir xil bo‘lgan modda – 
    sof, toza modda deb 
    ataladi.
     Aralashmalar – fi zik usullar bilan toza 
    modda larga ajratiladigan modda. 
    Gomogen 
    aralashmada uni tashkil etuvchi komponent-
    lar bir tekis taqsimlangan bo‘ladi. 
    Geterogen 
    aralashma – notekis tarkibli aralashma.
    Biz har kuni suvga duch kelamiz: uy kra-
    ni suvi, ko‘lmakdagi loyqa suv, qishloq qu-
    dug‘idagi suv, do‘kondagi mineral suv, shirin 
    choydagi suv. Ushbu ro‘yxatdagi qaysi suvni 
    sof modda deb atash mumkin?
    Dunyo olimlari moddalarning qat-
    tiq, suyuq yoki gazsimon holatini 
    tasnifl ashadi, ammo uni tasnifl ash-
    ning yana bir qiziqarli usuli bor. Mod-
    dalarni sof moddalar va aralashmalar 
    sifatida ham tasnifl ash mumkin.
    Kimyoda sof modda deganda aniq va 
    doimiy tarkibli o‘ziga xos kimyoviy xossaga 
    ega bo‘lgan modda namunasi tushuniladi. 
    Osh tuzi kimyoviy tilda natriy xlorid deb 
    ataladi. U toza modda, chunki bir xil va aniq 
    tarkibga ega. Natriy xloridning barcha na-
    munalari kimyoviy jihatdan bir xil. Suv ham 
    toza moddadir. Tuz suvda oson eriydi, sho‘r 
    suvni modda sifatida tasnifl ash mumkin 
    emas, chunki uning tarkibi har xil. Ma’lum 
    miqdordagi tuz suvda erib aralashma hosil 
    bo‘ladi. Tuz suvda eriganida shakli o‘zga-
    radi, biroq tarkibi va xususiyatlarini saqlab 
    qoladi.

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish