• 2. Shtativdan foydalanish. Laboratoriya shtativi bilan ishlashda quyidagilarga qat’iy rioya qilish lozim
  • Probirkalar uchun shtativ




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    Probirkalar uchun shtativ
    tajri ba 
    paytida probirkalarni joylash 
    tirish 
    uchun mo‘ljallangan.
    Laboratoriya shtativi bilan ishlash
    1. Laboratoriya shtativining tuzilishi. 
    Shtativ kimyoviy tajribalar o‘tkazishda ke rak 
    bo‘ladigan eng muhim asbob. U taglik va o‘zakdan 
    iborat bo‘lib, o‘zakka qisqichlar yordamida har xil 
    halqalar, tutqich va boshqa turli moslamalar mah-
    kamlanadi.
    Taglikdagi maxsus teshikka o‘zak burab kiriti-
    ladi. O‘zak maxsus teshikka oxirigacha kiritilgan va 
    mahkamlangan bo‘lishi kerak.
    Rasmda shtativ uchun mo‘ljallangan mosla ma-
    lardan 5 tasi tasvirlangan. Bunda 1– qum yoki suv 
    hammomi, u turli qaynash haroratida suyuqliklarni 
    haydash, turli haroratlarda bora digan reaksiyalarni 
    o‘tkazish uchun; 2 – hal qali tutqich, u turli hajmda-
    gi tubi yumaloq kolbalarni va chinni kosalarni tutib 
    turish uchun; 3 – asbest to‘rli taglik, u tubi yassi, 
    konussimon kolbalar, stakanlar, chinni kosachalarni qizdirish uchun; 4 – tutqich, u probirka-
    lar, sovitkichlarni qisib ushlab turish uchun; 5 – ilgich, u turli yordamchi rezina shlang yoki 
    boshqa yordamchi qismlarni ilib qo‘yish uchun mo‘ljallangan.
    Moslamalar o‘zak bo‘ylab yuqoriga va pastga harakat qilishi yoki olib qo‘yilishi, maqsadga 
    ko‘ra istagancha miqdorda o‘rnatilishi mumkin. Mahkamlash yoki bo‘shatish qisqichdagi vint 
    yordamida amalga oshiriladi.
    2. Shtativdan foydalanish. Laboratoriya shtativi bilan ishlashda quyidagilarga 
    qat’iy rioya qilish lozim:

    Probirka va kolbalar tutqichga mahkam lanadi. 
    Bunda ular qattiq qisilmaydi, sinib ketishi mumkin. 

    Stakanlar asbest to‘rli taglikka qo‘yiladi. Bu stakan 
    tubini bir me’yorda qizdirish imkonini beradi. 

    Chinni kosachalar va tigellar halqaga to‘rsiz 
    qo‘yilishi mumkin.

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish