12
I BOB. 2-MAVZU.
O‘rganiladigan natijalar
• Jism, fi zik jism
• Modda
• Moddalarning xossalari
Modda va uning xossalari
Jism va modda qanday farqlanadi?
Modda nima?
Muhokama qiling va o‘z xulosangizni ayting.
Atrofi ngizdagi jismlarni ko‘zdan kechiring:
1. Jismlarning nomini ayting.
2. Jismlarni aniqlashda qanday mezonlardan foydalandingiz?
3. Bu jismlarni moddalar deb atash mumkinmi?
Dastlab “modda” va “jism” tushunchalarini bir-biridan
farqlab olish lozim. Buning uchun atrofga nazar tashlash
kifoya. Turmushda har
kuni foydalaniladigan pichoq, egov,
o‘roq, ketmon, mix, tesha, bolta, mashina, traktorning ayrim
qismlari, qurilish va sanoatda ishlatiladigan trubalar, armat-
ura va hokazolar nimadan yasalgan deb so‘rashsa, shu za-
hoti temirdan deb javob berish mumkin.
Nomlari tilga olingan
hamma buyumlar jismlar bo‘lib, ularning tarkibi temir mod-
dasidan iborat. Demak, jismlar moddalardan tashkil topgan
bo‘ladi.
Qadim
zamonlarda odamlar shisha, sovun, bronza, sopol
idishlar va boshqa ko‘plab foydali jismlarni yasashni o‘rgandi-
lar. Hunarmandchilikka oid bilimlar tarqaldi va bu ish sohasini
yanada kengaytirish imkonini berdi.
Kimyo XVII asrgacha fan
sifatida tan olinmagan.
Lavuazye kimyoning yangi falsafasini, tushunchalarining
yangi tizimini yaratdi. XVIII asr oxirida ilm-fan va
texnologi-
yaning eng so‘nggi yutuqlari bilan jihozlangan laboratoriyada
Lavuazye tajribalar
Muayyan sharoitlarda doimiy fi zik
xususiyatlarga ega
bo‘lgan shakl modda deb ataladi. Masalan, suv moddadir, u
rangi, hidi, ta’mi kabi xususiyatlarini belgilovchi doimiy xos-
salarga ega.
1. Osh tuzini shakardan (a), spirtni suvdan (b) qanday farqlash mumkin?
2. Bir varaq qog‘oz oling va uni tavsifl ang.
3. Agar gugurtni yoqib, uni qog‘ozga yaqinlashtirsangiz, qog‘oz yona boshlaydi.
Qog‘ozning yonishi fi zik xususiyatmi yoki kimyoviymi?