10
Kimyo hayotimizda qanday o‘rin tutadi?
Agar atrofni diqqat bilan kuzatsan-
giz, hamma
joyda kimyoviy jarayon-
lar va ularning natijasini ko‘rishingiz
mumkin.
Nafaqat mushak otilganda kimyoviy
jarayonlar sodir bo‘ladi, balki siz his qi-
ladigan baxt hissi ham tanangizdagi
kimyoviy jarayonlarga asoslanadi.
O‘simliklar
atrof-muhitdan suv, kar-
bonat angidridni o‘zlashtiradi va ulardan
o‘sishi uchun foydalanadi.
Kundalik hayotni kiyim-kechak, shax-
siy parvarishlash vositalari, farmatsevti-
ka,
plastmassa, bo‘yoqlar, qurilish ma-
teriallari, shisha, metall va yoqilg‘isiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ushbu mahsu-
lotlar kimyo sanoati korxonalarida ishlab
chiqariladi.
Dorilar foydali, lekin mas’uliyat bilan
o‘z o‘rnida foydalanilganda. Ular kasal-
liklarni yengillashtirishga va epidemi-
yalarni yengishga yordam beradi.
Yashayotgan
hududingizda qanday ishlab
chiqarish korxonalari bor? Bu korxonalarda
qanday mahsulotlar ishlab chiqarilishini bilas-
izmi?
Zamonaviy mahsulotlardan qaysilarini
bila siz va ular qanday maqsadlarda ishlati-
ladi?
Zamonaviy mahsulotlar (masalan, yopishti-
ruvchi moddalar)
yangi texnik imkoniyatlarni
ochadi.
O‘simliklar uchun kimyo qanday
ahamiyatga ega?
11
Kimyo – moddalarning tarkibi, tuzilishi,
xossa lari va o‘zgarishlarini, shuningdek, bu
o‘zga rishlar jarayonlarini o‘rganadi.
Modda – aniq kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan zarrachalar uyushmasi.
Modda gaz, suyuq,
qattiq holda bo‘lishi mumkin.
Fizika darslarida moddalar molekula yoki atomlardan tuzilganini o‘rgangansiz. Atomlar
shu darajada kichikki, igna uchida bir necha milliard atom joylashishi mumkin. Shunga qa-
ramasdan, 118 tagina atom turi farqlanadi.
Kimyoning ikkita asosiy vazifasi bor:
– fоydаli хоssаlаrgа egа bo‘lgan mоddа
yoki mаtеriаllаrni оlish.
– kimyoviy mоddаlаr saqlagan vа kimyoviy
o‘zgarishlаr jаrаyonidа
аjrаlib chiqadigаn
enеrgiyadаn fоydаlаnishni.
Kimyo fani ahamiyatli ekanini shundan ham
ko‘rinib turibdi. Bu fanning bir qator yo‘nalish-
lari ham mavjud bo‘lib, ularning ham alohida
maqsad va vazifalari bor.
Kimyo bizning hayotimizda qanday o‘rin tutadi?
Kimyo tarixi bo‘yicha “Qadimgi xalqlarning kimyo bo‘yicha bilimlari”, “Alkimyo”, “Qadimgi
O‘zbekistonda amaliy kimyo” mavzularida ijodiy ish tayyorlang.