• Asosiy tushunchalar Kuzatish o‘rga nish uchun diqqatni ma’lum obyektlarga qaratishdir. Tajriba
  • Xavfsizlik qoidalari – tajriba paytida xavfsizlik ni ta’minlashga qaratilgan ko‘rsatmalar Kimyo xonasida quyidagi asosiy qoidalarga rioya qiling
  • 7 sinf ximiya indd




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    I BOB. 3-MAVZU.
    O‘rganiladigan natijalar
    • Tajriba 
    • Kuzatish 
    • Xavfsizlik qoidalari
    Kimyo xonasidagi jihozlar bilan 
    ishlashda mehnat xavfsizlk qoidalari 
    bilan tanishish.
    Kimyogarlar tadqiqot va ishlanmalar, sifat nazorati, ishlab 
    chiqarish, atrof-muhitni muhofaza qilish, konsalting va huquq 
    kabi turli sohalarda ishlaydi, maktab va universitetda dars 
    beradi. 
    Sanoat tadqiqot va ishlanmalarida kimyogarlar ilmiy bilim-
    lardan muayyan mahsulot yoki jarayonni ishlab chiqish, ta-
    komillashtirish uchun foydalanadilar. Masalan, oziq-ovqat 
    kimyogarlari oziq-ovqat sifati, xavfsizligi, saqlanishi va ta’mini 
    yaxshilaydi; farmatsevt kimyogarlar dori vositalari va boshqa 
    tibbiy formulalarni ishlab chiqadilar va tahlil qiladilar; qishloq 
    xo‘jaligi kimyogarlari keng ko‘lamli o‘simlikchilik uchun zarur 
    o‘g‘itlar, insektitsidlar va gerbitsidlarni ishlab chiqadilar. Qay-
    si yo‘nalish bo‘lishidan qat’i nazar, kimyogar olimlar maxsus 
    kimyoviy moddalar, jihozlar yordamida tajriba va kuzatuvlar 
    olib borishadi.
    Biz ham kimyo darsida xuddi kimyogar olimlar kabi tajri-
    balar o‘tkazamiz, kuzatamiz, natijalarni taqqoslaymiz va ular 
    asosida xulosalar chiqaramiz. Tajribalarni to‘g‘ri bajarish 
    uchun kimyo xonasida ishlashga oid maxsus qoidalarga amal 
    qilish va ularni yoddan chiqarmaslik kerak.
    Asosiy tushunchalar
    Kuzatish 
    o‘rga nish 
    uchun diqqatni ma’lum 
    obyektlarga qaratishdir.
    Tajriba esa hodisani 
    tadqiq qilish, ma’lum sha-
    roitlarda sinab ko‘rish 
    maqsadida ilmiy qayta 
    ishlab chiqishdir. 
    Xavfsizlik qoidalari 
    tajriba paytida xavfsizlik ni 
    ta’minlashga qaratilgan 
    ko‘rsatmalar
    Kimyo xonasida quyidagi asosiy qoidalarga rioya qiling:
    1. Ish bajarish tartibini puxta o‘zlashtirmasdan va tajriba o‘tkazish uchun asboblarning 
    to‘g‘ri yig‘ilganiga ishonch hosil qilmasdan tajribani boshlamaslik kerak.
    2. Moddalarni bevosita hidlash, ushlash, ularning ta’mini totish mutlaqo mumkin emas. 
    3. Tajribalarni iloji boricha mo‘rili shkafda o‘tkazish kerak.
    4. Tajriba davomida termometr sinib qolsa, undagi simobni maxsus usullar bilan tezda 
    yig‘ishtirib olish va simob to‘kilgan joyga oltingugurt sepish kerak.
    5. Natriy metallini kerosin ichida saqlash va ortib qolgan bo‘lakchalarini spirtda eritib 
    bartaraf etish lozim.
    6. Yonuvchan va uchuvchan moddalarni tajriba stolida ortiqcha miqdorda saqlamaslik, 
    ularni elektr plita va ochiq alanga manbasidan uzoqda saqlash kerak.
    7. Qizdirish maqsadida imkon boricha usti berk isitkich asboblaridan foydalanish lozim.
    8. Yong‘in chiqqan taqdirda, avvalo, o‘t chiqishiga sabab bo‘lgan manba o‘chiriladi, 
    so‘ngra qum sepiladi yoki yopqich yopiladi. Alanganing yoyilish xavfi bo‘lsa, o‘t o‘chirgich-
    dan foydalanish kerak.
    9. Probirka va boshqa shisha idishlarni ehtiyotlik bilan qizdirish va bunda ularning og‘zi 
    odam ishlamayotgan tomonga qaratilgan bo‘lishi kerak.
    10. Kislota va ishqorlar eritmalarini qizdirishda himoya vositalarini kiyish, maxsus 
    ko‘zoynak taqib olish zarur.
    11. Reaksiya olib borilayotgan va qizdirilayotgan idishlarga engashib qarash mumkin 
    emas.
    12. Kislotalarni suyultirishda ularni oz-ozdan idish devori bo‘ylab suvga quyish kerak.
    13. Konsentrlangan kislota va ishqorlarni rezina pipetka bilan o‘lchash man etiladi. Ular-
    ni faqat tomizgich yordamida o‘lchab olish lozim.


    15
    14. Kislotalar saqlanadigan idishlarni to‘kilmaydigan va sachramaydigan qilib ushlash 
    kerak.
    15. Portlovchi aralashma hosil qilish xavfi bor moddalar bilan ishlashda alohida ehtiyot 
    choralarini ko‘rish lozim.
    16. Ehtiyotsizlik kiyim-kechaklarga, ko‘zga, teriga zarar va jarohat yetkazishi mumkin. 
    Shuning uchun nojo‘ya harakatlar qilmaslik, kimyoviy moddalar bilan hazillashmaslik lozim.
    17. Tajribalar tugagach, gaz, elektr va suv tarmoqlarini berkitish, asboblarni o‘chirish 
    kerak.
    18. Ish joyini doimo toza va ozoda saqlash lozim. 
    19. Idishlardagi qoldiq moddalarni rakovinaga to‘kmang.

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish