• Probirkada moddalarni qizdirish
  • Gaz gorelkalarining umumiy tuzilishi.
  • Spirt lampasi bilan ishlash




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    Spirt lampasi bilan ishlash
    1. Spirt lampasining tuzilishi. 
    Spirt lampasi spirt quyiladigan idish (1), metall disk (2), pilik (3) va qalpoqcha (4)dan 
    iborat. 
    2. Spirt lampasini yoqishga tayyorlash.

    Spirt lampasi yaroqli ekaniga ishonch hosil qilinadi. 

    Spirt lampasi idishining 1/2 qismiga qadar voronka yordamida ehtiyotkorlik bilan spirt 
    quyiladi. 

    Disksimon metall nayga ipli pilik o‘rnatiladi, pilik uchini qaychi bilan qirqib tekislanadi 
    va spirt bilan ho‘llaniladi. 

    Spirt lampasining qalpoqchasi berkitiladi. Spirt lampasi doimo qalpoqchasi bilan 
    berkitilgan holda turishi kerakligini unutmang!


    18
    Probirkada moddalarni qizdirish
    Qizdirish jarayonida probirkadan biror modda sachrab shikast yetkazmasligi uchun 
    probirkani isitish asbobi alangasi ustida qiyshaytirilgan, probirka og‘zini o‘zingiz va sinf-
    doshlaringizdan uzoqda tutgan holda qizdiring. Jarayonda probirkani pastdan yuqoriga, 
    so‘ngra yuqoridan pastga tomon ehtiyotkorlik bilan qizdiring, buni bir necha marta 
    takrorlang. Keyin probirkada modda joylashgan qismi qizdiriladi.
    Gaz gorelkalarining umumiy tuzilishi. Gaz gorelka -
    lari metall nay, aralash tirgich, havo yoki kislorod oqimini 
    me’yorlash tiruvchi halqa, gaz oqimini me’yorlashtiruvchi 
    qotirgichdan iborat bo‘ladi.
    Gaz gorelkasini yoqish va o‘chirish. Halqa va 
    vint yordamida gaz va havo oqimi me’yorlashtiriladi. 
    Gorelkani yoqish uchun gugurt yoki yonib turgan cho‘p 
    gaz jo‘mragi ochilgan holda gorelka og‘ziga yon tomondan 
    yaqinlashtiriladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri olib kelinsa, gaz oqimi 
    alangani o‘chirib qo‘yishi mumkin. Havo oqimi gaz to‘la 
    yonadigan qilib moslanadi. Gazning to‘la yonayotganini 
    nursiz alangadan bilib olish mumkin. Gorelkani o‘chirish 
    uchun gaz jo‘mragini teskari tomonga oxirigacha burash 
    kerak.

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish