• Kolba uchun elektr isitgich.
  • Topshiriqlar
  • Probirka uchun elektr isitgich.
  • Gaz gorelkasida qizdirish




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    Gaz gorelkasida qizdirish. Gaz gorelkasi alanga-
    sining o‘rta qismida harorat ancha past, chekka va yuqori qismida esa yuqori bo‘ladi. 
    Shuning uchun qizdirish aynan yuqori qismida olib boriladi. Ochiq alangada faqat yupqa 
    devorli kimyoviy idishlar va probirkalar qizdirilishi mumkin. Buning uchun alanga bilan 
    avval probirkaning barcha qismi, so‘ngra modda solingan 
    qismi qizdiriladi. Stakan va kolbalar sim to‘r ustiga qo‘yib 
    qizdiriladi. 
    Kolba uchun elektr isitgich.
    Tubi yassi kolbalarni isitish uchun maxsus isitgichlar bor. 
    Ba’zi modellar ma’lum diametrli kolbalar bilan ishlash uchun 
    mo‘ljallangan. Isitilishi kerak bo‘lgan idish keramika ichiga 
    to‘liq botiriladi.
    Foydalanish qulayligi uchun ko‘pincha qurilma korpusi-
    da shtativ o‘rnatish teshigi mavjud.


    19
    Topshiriqlar 
    1. Nima uchun dastlab probirkaning hamma joyini qizdirish kerak?
    2. Suyuqlik qizdirilgan probirkaning og‘zi qaysi tomonga yo‘naltirilishi kerak?
    3. Avtomobil haydovchisi akkumulaytordagi elektrolitni o‘zgartirishi kerak. Akkumu 
    lya 
    torda 
    elektrolit sifatida sulfat kislota va distillangan suv ishlatiladi. Eritmani tayyorlashdan oldin haydovchi
    xavfsizlik uchun sulfat kislotani eritish qoidasiga amal qildi: idishga avval suv, keyin kislota 
    quydi. Kislotani eritish qoidasi rasmda ifodalangan edi, haydovchi qoidani tushundi, lekin rasmni 
    tushuntira olmadi. Rasmda nima ko‘rsatilganligini tushuntiring.
    Probirka uchun elektr isitgich.
    Mahsulot plastmassa taglik va uchta bog‘ich bilan 
    biriktirilgan halqadan iborat. Metall silindr shaklida 
    tayyorlangan himoya ekran taglik va halqaning 
    dumaloq uyasiga kiritilgan. Himoya ekrani mahsulotning 
    isitiladigan yuzalari bilan tasodifi y ta’sir oldini oladi. 
    Sinov moddasi bo‘lgan probirka halqaning markaziy 
    teshigiga kiritiladi va mahsulotning istalgan holatida 
    uchta tekis prujina bilan ushlab turiladi. Mahsulot 42 V
    kuchlanishli tarmoqqa ulanish uchun maxsus vilkali shnur 
    bilan ta’minlangan.
    Mahsulotning halqasida uni shtativ qisqichga 
    mahkamlash uchun tirqish mavjud.

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish