13
Moddaning xossalarini qanday ajratish mumkin?
Xossa – moddaning o‘ziga xosligini, uni boshqa moddadan
ajratishga imkon beradigan
xususiyatlari hisoblanadi. Kimyogarlar ikki xil turdagi xususiyatni inobatga olib moddalarni
o‘rganadilar: moddaning fi zik va kimyoviy xossalari.
Fizik xossalar – odamning sezgi a‘zolari tomonidan idrok
qilinadi yoki biror asbob, qu-
rilma yordamida o‘lchanadi. Fizik xossalarga rang, hid, zichlik, erish, qaynash, elektr o‘tka-
zuvchanlik kabi xususiyatlar kiradi.
Kimyoviy xossalar – moddaning yangi modda hosil qilish qobiliyatini tavsifl ovchi xus-
usiyatlaridir. Kimyoviy xossalarga moddalarning yonishi, temirning zanglanishi, archilgan
kartoshkaning qorayishi misol bo‘ladi.
Moddaning fi zik xossalari
Oshxonadagi moddalar: osh tuzi, shakar,
limon kislotasi, kraxmal, suv, o‘simlik yog‘i-
dan 2–3 ta moddani tanlang va quyidagi jadval yordamida ularning fi zik xususiyatlarini tav-
sifl ang.
Modda
Agregat holati
(qattiq, suyuq, gazsimon)
Rangi
Hidi
Suvda erishi
Moddaning kimyoviy xossalari
Jihoz va moddalar:
Tajribaning borishi:
Kraxmalga ozroq suv quyib kleyster tayyorlanadi.
Kleysterga mo‘yqalamni botirib, qog‘ozga “maxfi y xabar”
yoziladi.
Yozib qurishi kutiladi.
Paxta diskni yodli eritmaga botirib “maxfi y xabar” yozil-
gan qog‘ozga suramiz.
Kraxmalli harfl ar ko‘k rangga aylanganini ko‘ramiz.
Xulosa: kraxmalning yod tufayli ko‘karishi uning kimyoviy xossasi natijasidir.
1. Fizik xossalardan qaysi biri harorat kabi qiymatga ega?
2. Moddaning qaysi fi zik xossalarni bevosita sezgi organlarimiz bilan bilishimiz mumkin?
3. Asboblar yordamida o‘lchanadigan fi zik xususiyatlarni ayting.
4. Sinfga
idishda muz olib kirilsa, nima bo‘ladi?
Topshiriqlar
qog‘oz mo‘yqalam paxta disklar yod eritmasi suv kraxmal yoki un