• Abu Muso Jobir ibn Hayyom
  • Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino
  • Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy
  • Abu Mansur Muvaff aq al-Haraviy




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    Abu Mansur Muvaff aq al-Haraviy X asrda 
    yashagan nufuzli farmatsevt va kimyogar edi. Abu Mans-
    ur Muvaff aq “Davolarning asl xossalarining asoslari” nomli 
    asarida 585 ta dorini tasvirlab bergan. Yaqin hududlarda 
    suv tanqisligi tufayli suvning xususiyatlarini o‘rgangan va 
    dengiz suvini ichish uchun distillash usullarini tasvirlab ber-
    gan. Xorazm, Kaspiy va Orolboʻylariga sayohat qilgan. U, ayniqsa, farmakologiya va kimyo-
    ga oid boblarida Abu Rayhon Beruniyning ustozlari va asarlariga kuchli taʼsir koʻrsatgan va 
    ilhomlantirgan. Uning qo‘lyozmalari alohida qimmatga ega va fors tilida saqlanib qolgan 
    eng qadimgi qo‘lyozma hisoblanadi. Qo‘lyozmalarning kelib chiqishi haqida ma’lumotlar 
    yo‘q. U 1820 yilgacha Vena Imperator kutubxonasida saqlangan.


    9
    Abu Muso Jobir ibn Hayyom (721–815-yy.) Tus shahrida 
    yashagan, arab alkimyogari, matematika, tabobat, kimyo bilan 
    ham shug‘ullangan. Bu alloma Yevropada Geber nomi bilan 
    mashhur bo‘lib, Aristotelning to‘rt unsur – stixiyalar haqidagi 
    ta’limotiga asoslangan holda simob-oltingugurt barcha element-
    lar asosi degan “nazariya”ni yaratdi.
    Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn 
    Sino (980–1037-y.) dorivorlar tayyorlashda o‘simlik va hayvo-
    not dunyosi bilan bir qatorda juda ko‘p anorganik moddalardan 
    ham foydalangan. Bunga misol qilib quyidagi metall, mineral va 
    kimyoviy birikmalarni ko‘rsatish mumkin: oltin, kumush, mis, qa-
    lay, qo‘rg‘oshin, temir, po‘lat, isfi doj (qo‘rg‘oshin bo‘yog‘i), kibrit 
    (oltingugurt), zarnix (auripigment), buroq (bura va soda), magnit-
    siy (marganes ma’dani), to‘tiyo (galmey), za’faron, zanjar, zodi, 
    natrun, novshadil. 
    Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973–1048-y.)
    O‘rta Osiyoda birinchi globusni yaratdi. Ma’mun akademiyasida 
    1017-yilgacha o‘z faoliyatini davom ettirdi. Beruniyning muhim asar-
    laridan biri “Qimmatbaho toshlarni bilib olishga oid ma’lumotlar ki-
    tobi” (“Kitobul-jamoxir fi ma’rifatul-javohir”), ya’ni G‘arbda mashhur 
    “Mineralogiya” asaridir. Bu kitob 1048-yili G‘aznada yozilgan bo‘lib, 
    olim bu kitobda birinchi marta qimmatbaho toshlarning so lishtirma 
    og‘irligini aniqlagan. Buning uchun etalon (ya’ni “qutb”) sifatida oltin 
    tanlab olingan. 

    Download 66,04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish