5
HURMATLI YETTINCHI SINF O‘QUVCHILARI!
Bu o‘quv yilida Siz birinchi marta ajoyib fan – kimyo bilan tanisha boshlaysiz. Kimyo
“mo‘jizaviy o‘zgarishlar sanoati” deb ham ataladi. Bu tabiatda mavjud bo‘lmagan materiallarni
sintez qilish imkonini beradi, ular barcha turdagi mashinalar va
qurilmalarni ishlab chiqishda,
uy-joy qurishda, kiyim-kechak va poyabzal ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Kimyo bizning atrofi mizda: nima qilsak ham, qo‘limizda nima bo‘lmasin, hamma joyda
turli moddalarning o‘zgarishi, ya’ni kimyoviy reaksiyalar hamroh bo‘ladi.
Qo‘lingizda ushlab turgan darslik Sizga maktab kimyo kursidagi
eng muhim kimyoviy
tushunchalar, qonunlar, nazariyalar va faktlarni ongli ravishda o‘zlashtirishga yordam
beradi;
kimyoviy formulalar, kimyoviy reaksiyalar tenglamalarini tuzish, kimyoviy masalalarni
yechish malakalarini egallash orqali Siz moddalarning kimyoviy o‘zgarishlarining mohiyatini
tushunishni o‘rganasiz, hatto kimyoviy eksperiment natijalarini oldindan aytib bera olasiz.
Ushbu darslikni o‘rganganingizdan so‘ng Siz eng muhim kimyoviy
elementlarning ochilish
tarixi va ularning nomlari, ular bilan bog‘liq afsonalarni bilib olasiz.
Siz taniqli kimyogarlarning
hayot sahifalari va ularning kashfi yotlari bilan tanishasiz.
Siz o‘rganilayotgan materialdan ma’lumotlarning bir qismini hayotda ko‘rgansiz va ualr
haqida bilasiz, ba’zilari haqida esa birinchi marta bilib olasiz va qiziqib,
maxsus adabiyotlarni
o‘qishni boshlaysiz, ma’lumotlar va ensiklopedik lug‘atlarga murojaat
qilasiz va ehtimol kimyo
fani sizning kasbingizga aylanar!
Agar siz doimiy, tizimli ravishda va yangi bilimlarni o‘rganishga bo‘lgan katta ishtiyoq
bilan
kimyoni o‘rgansangiz, unda siz ushbu juda qiziqarli, maftunkor,
foydali fanning asoslarini
samarali o‘rganasiz.
Shunday qilib, Siz kitobning birinchi sahifasini ochasiz.
Omad!