7
I BOB. 1-MAVZU.
Kimyo fani va uning vazifalari.
“Kimyo” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
Qadimda Misr Kem – Qora yer deb nomlangan. Qadimgi Misr ruhoniylari kimyo hunar-
mandchiligining ajoyib ustalari bo‘lib, kimyo asta-sekin “Misr fani” deb nomlana boshladi.
Shunday qilib, ushbu taxminga ko‘ra kimyo so‘zi zarur moddalarni ishlab chiqarish san’ati-
ni, shu jumladan, oddiy metallarni oltin va kumush yoki ularning qotishmalariga aylantirish
san’atini
anglatadi, deya xulosa qilingan.
1. Alkimyodan oldingi davr: eramizdan avvalgi III asrga-
cha.
Alkimyodan oldingi davrda modda haqidagi bilimlarning
nazariy va amaliy tomonlari bir-biridan mustaqil ravishda rivoj-
landi, hunarmandchilik rivojlangan.
2. Alkimyo davri – eramizdan avvalgi III asrdan eramizning
XVII asrgacha davr. Bu davr
alkimyogarlari falsafa toshini,
uzoq umr ko‘rish eliksirini, alkagestni (universal erituvchi)
izlash, arzon metallarni oltinga aylantirish bilan shug‘ullan-
ganlar. Alkimyoning tarafdorlari bo‘lmagan zamondoshlari uni
tanqid qilishgan. Abu Ali ibn Sino: “... Men buni imkonsiz deb
hisoblayman, chunki bir metallni boshqasiga aylantirishning
yo‘llari yo‘q”, – deya xitob etgan.
3. Ilmiy kimyoning tug‘ilish davri (XVI–XVIII asrlar). Bu
bosqichda Parasels (Filipp Aureol Teofrast Bombast fon Go-
gengeym), R. Boyl, G. Kavendish, G. Shtal, A. Lavuazyening
xizmatlari katta bo‘lgan. Bu davrda kimyo fan sifatida to‘liq
takomillashdi.
4. Kimyoning asosiy qonuniyatlarini kashf
qilish davri
1789 – 1860-yillarni oʻz ichiga oladi va Dalton, Avogadro, Ber-
zelius ishlari kimyoning asosiy tushunchalarini shakllantirish-
da beqiyosdir.
5. Klassik kimyo davri (1860-yil – XIX asr oxiri).
Klassik kimyo davri fanning jadal rivojlanishi bilan xarakterlanadi: elementlarning davriy
tizimi, molekulalarning valentlik va kimyoviy tuzilishi nazariyasi, stereokimyo, kimyoviy ter-
modinamika va
kimyoviy kinetika yaratildi; amaliy noorganik kimyo va organik sintez mu-
vaff aqiyatlarga erishdi.
6. Zamonaviy davr: XX asr boshidan hozirgi kungacha. XX asrning ikkinchi yarmida
biologik kimyoning yorqin muvaff aqiyatlari – oqsillar va DNKning tuzilishini, tirik organizm
hujayralarining ishlash mexanizmlarini o‘rganish va ko‘plab kashfi yotlar misol bo‘la oladi.