32
Kiyimdagi zang dog‘ini vodorod peroksid va aspirin
bilan ketkazish mumkin. Buning uchun 3 tabletka aspirin
mayda lanib, taxminan 50 g vodorod peroksidda eritiladi.
Ta’sirni yanada oshirish uchun eritmaga 2 oshqoshiq soda
qo‘shsa ham bo‘ladi. Aralashmani dog‘li joyga surtib, 3–4
soat qoldiriladi va issiq suvda yuviladi.
Qotib qolgan qon dog‘ini ketkazishda osh tuzi va
10–15 tomchi limon sharbatidan iborat bo‘lgan pasta bilan
ishlov berish yordam beradi. Pastani tayyorlab, dog‘li joy-
ga yaxshilab suriladi va bir necha soatga qoldiriladi. Keyin
sovuq suv bilan yuviladi.
Kerakli jihozlar va moddalar: chinni kosacha, spirt
lampasi, temir qoshiqcha, ko‘mir bo‘lagi, gugurt.
Ishni bajarish tartibi:
1. No‘xat kattaligidagi ko‘mir bo‘lagini olib, spirt lampa
alangasida cho‘g‘languncha qizdiriladi.
2. Cho‘g‘langan ko‘mir bo‘lagini chinni kosachaga solib
qo‘yiladi.
3. Ko‘mir bo‘lagi yonishda davom etadi.
4. Kuzatishlar natijasini yozing.
Temirning zanglashini kuzatish