30
1. Bir varaq qog‘ozni 4–5 bo‘lakka qirqdik, bu qanday hodisa?
2. Kimyoviy hovonchada bo‘rni maydaladik, uning tarkibi o‘zgardimi?
3. Choyga bir bo‘lak
limon solinsa, qanday o‘zgarish sodir bo‘ladi?
4. Shakar issiq suvda yaxshi eriydimi sovuq suvdami?
Tabiat va inson hayotida kimyoviy hodisalarning o‘rni katta. Metallarning olinishi, mi neral
o‘g‘itlar ishlab chiqarish, yoqilg‘i,
dori-darmon tayyorlash, kiyim-kechak va oziq-ovqat sano-
ati kimyoviy hodisalarga asoslangan. Yoqilg‘i yonishida ajralgan issiqlik ishlab chiqarish va
maishiy hayotda ishlatiladi.
Tirik organizmlarda kechadigan hayotiy jarayonlar:
nafas olish, ovqat hazm qilish, fotosin-
tez ham turli kimyoviy hodisalarga bog‘liq. Masalan,
oziq tarkibidagi oqsil, yog‘, uglevodlar-
ning parchalanishidan energiya hosil bo‘lib, hayotiy jarayonlarni amalga oshirishda sarfl ana-
di.
1. Kimyoviy tajribalar natijasida ishlab chiqarilgan kundalik hayotda foydalaniladigan moddalarga
kamida 5 ta misol yozing.
2. Havoning ifl oslanishi haqida nimalarni bilasiz?
3. Kimyo fani hududingiz aholisiga toza suv yetkazishda qanday yordam berishi mumkin?
Shakar suvda eriydi Yog‘ suvda erimaydi
Ba’zida kimyoviy ishlab chiqarish natijasida suv,
havo if-
loslanadi. Hozirgi kunda olim va tadqiqotchilar kimyoviy ishlab
chiqarishning tabiatga zararsiz usullarini topish ustida ish olib
borishmoqda.