• Masala yechish. 1. Modda miqdori 0,5 mol bo‘lgan temirning massasini (g) hisoblang Berilgan: n(Fe) = 0,5 mol Topish kerak : m(Fe) - Yechish
  • Javob
  • Tarixiy eslatma
  • Topshiriqlar
  • 7 sinf ximiya indd




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    23-oktyabrda Mol kuni nishonlanadi. Bu kun Avogadro doimiysi 
    sharafi ga nishonlanadi va ertalab soat 6:02 dan kechki 6:02 gacha belgilanadi. Maqsad 
    mol va kimyo bilan bog‘liq turli tadbirlarni o‘tkazish orqali ta’lim oluvchilarni kimyoga qiziqti-
    rishdir.
    Masala yechish.
    1. Modda miqdori 0,5 mol bo‘lgan temirning massasini (g) hisoblang?
    Berilgan:
    n(Fe) = 0,5 mol
    Topish kerak : m(Fe) - ?
    Yechish: m = M • n
    M(Fe) = Ar(Fe) = 56 g/mol (Davriy sistemadan qaraymiz)
    m (Fe) = 56 g / mol • 0,5 mol = 28 g.
    Javob: m (Fe) = 28 g 
    2. 112 g moddaning tarkibida qancha kalsiy oksidi bor?
    Berilgan:
    m (CaO) = 112g
    Topish kerak:
    n (CaO) – ?
    Yechish: Kaltsiy oksidining kimyoviy formulasi CaO dir.
    n (CaO) = m (CaO) / M (CaO)
    Mr (CaO) = 40 + 16 = 56
    n (CaO) = 112 g / (56 g / mol) = 2 mol.
    Javob: 2 mol CaO
    Asosiy tushunchalar 
    Moddaning nisbiy moleku-
    lear massasi – modda mo-
    lekulasi massasining ugle-
    rod-12 atomi massasining 
    1/12 qismiga nisbatan necha 
    marta kattaligini ko‘rsatuvchi 
    qiymat.
    Modda miqdori – moddan-
    ing mol o‘lchovidagi miqdori. 
    1 mol – 0,012 kg ugleroddagi 
    atomlar soniga teng zarralar 
    (atom, molekula va boshqa 
    zarralar) tutuvchi modda mi-
    qdori.
    Modda massasining (m) un-
    ing miqdoriga (n) nisbati mod-
    daning molyar massasi (M) 
    deb ataladi.
    Modda molyar massasining 
    son qiymati uning nisbiy mol-
    ekular massasiga (Mr) teng.


    62
    Tarixiy eslatma 
    Perren Jan Batist – fransuz fi zik kimyogari, 
    juda mu-
    rakkab va mikroskopik usullardan mohirona foydalangan 
    holda kuzatishlar orqali bir tomchi suyuqlikdagi zarracha-
    lar sonini aniqladi. 
    Tadqiqot Perrenga molekulalarning o‘lchamlarini va 
    Avogadro sonini, ya’ni bir moldagi molekulalar sonini his-
    oblash imkonini berdi. Ushbu raqamning hozirda qabul 
    qilingan qiymati taxminan 6,02 • 10
    23 
    va Avogadro sharafi -
    ga Avogadro soni deb nomladi. Bu kashfi yoti uchun 1926-
    yil Nobel mukofotini oldi.
    Topshiriqlar
    1. Yettinchi sinf o‘quvchisi Nargiza do‘konga kirib, sotuvchidan 5 mol osh tuzi berishini so‘radi. 
    Sotuvchi Nargizaga qancha osh tuzi bergan?
    2. 2 mol sulfat kislota H
    2
    SO
    4
    ning massasini (grammda) hisoblang.
    3. 1 mol moddani o‘lchash uchun nima qilish kerak?
    4. 180 gramm suvda nechta molekula bor?
    5. 80 g karbonat angidrid nechta molekuladan iborat?
    6. Rux bo‘lagi tarozida tortilganida massasi 26 g ekanligi aniqlandi. Ruxning:
    a) bo‘lakdagi rux moddasining miqdorini;
    b) rux atomlarining soni hisoblang.
    2 mol uglerod tarkibidagi molekulalar sonini toping.

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish