|
7-sinflarda musiqa o’qitishni mazmuni va metodikasi
|
bet | 1/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #231749 |
Bog'liq 7-SINFLARDA MUSIQA O’QITISHNI MAZMUNI VA METODIKASI
7-SINFLARDA MUSIQA O’QITISHNI MAZMUNI VA METODIKASI
Reja
I. Kirish:
II. Asosiy qism
1. Yettinchi sinfda musiqa o‘qitishning mazmuni va metodikasi.
2. Yettinchi sinf o‘quvchilarining psixologik - fiziologik xususiyatlari.
3.Xorijiy mamlakatlarda musiqa o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari.
III. Xulosa:
Foydalanilgan adabiyotlar :
KIRISH
Mazkur “Musiqa o‘qitish metodikasi nazariyasi va maktab repertuari” nomli o‘quv qo‘llanma DTS dasturida ko‘rsatilgan me’yor va talablar asosida yaratilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmaning asosiy maqsadi OJiy va 0 ‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalarini umumta’iim maktablarida musiqa madaniyati darslarini va sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi ishlarini, metodik jixatdan to‘g‘ri tashkil etib, DTS dasturi asosida mazmunli qilib olib borishga qaratilgan. Respublikamizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning barcha bosqichlarini amalga oshirish maqsadida ushbu o'quv qo’llanma qayta ko‘rib chiqildi va takomillashtirildi. Yangi adabiyotlar ish tarjibalari va fan yangilikiari bilan boyitildi. 0‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bo‘lg‘usi musiqa o‘qituvchilari egallashi lozim bo‘lgan bilim ko‘nikma va malakalar mazmunan belgilab berilgan. Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangicha ijodiy yondoshuvlar, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga kasbiy faoliyatlarini puxta o‘rganishlari uchun ko‘maklashadi. Ushbu o‘quv qo'lanma musiqa ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bolajak musiqa o‘qituvchilari uchun yaratilgan.
O’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab, nixoyatda oddiy mashqlardan, qo’shiq naqoratlaridan, kuylash uchun qo’lay bo’lgan ladlardan boshlash maqsadga muvofiqdir.Eng oddiy va murakkab mashqlarni ham, asosan solfedjio qilish yo’li bilan o’rganish va kuylash lozim, chunki bu jarayonda notalarni nomlari va balandligi holatini ham anglab boriladi. Ikki ovozlikda kuylashni boshlashdan oldin, sinf taxtasida yoki plakatlarda ko’rsatib notalar nomini va tovushning balandlik holatini aniqlab, ovoz chiqarib bir necha marta takrorlab so’ng, kuylash zarur. Dastlab katta tertsiya, sof kvarta, sof kvinta, katta seksta singari ohangdosh intervallar, mashqlar uchun asos bula oladi. Chunki, bu intervallar kuylash uchun qo’lay yoqimli va o’quvchilar xotirasida saqlanishi oson. Intervallar faqat ikki ovozda kuylanmasdan, balki tinglash uchun ijro etib, ularda yuqori va pastki tovushni aniqlashni topshirish lozim. Bunday savollar o’quvchilarni garmonik o’quvini kuchaytiradi, intervallarni ongli ravishda o’zlashtirish tuyg’usi paydo bo’ladi. Ikki ovozlik qo’shiqlarni kuylash uchun, kichiq kanonlardan boshlab kattarok xajmdagi jo’rsiz (akapella) asarlarga o’tish, o’quvchilarni bir-birini diqqat bilan eshitib, kuylash qobiliyatiarini o’stiradi. Ikki ovozli qo’shiqlarni tanlaganda, ikki ovozli elementi bor, kichiq xajmdagi asarlar maqsadga muvofiqdir. Har qaysi ovozning ohanggi aniq ravshan, mustaqil bo’lishi kerak. Pastki ovoz quyi shirali, xushohang, yaxshi esda qoladigan bo’lishi ayniqsa muhimdir. Ovoz partiyalarining diapazoni, seksta septima oktavalar xajmidan oshmaydigan qo’shiqlar aytishga ayniqsa qo’laydir. Qo’shiqlar o’rtacha tempda yozilgan bo’lishi kuylash uchun foydali va osondir. Ikki ovozli qo’shiqlarni ohanglari imitatsiya jihatidan shakli yengil va oson bo’lishi kerak. O’zbek xalq qo’shiqlarni o’qituvchi ikki ovozlik qilib,qayta ishlab o’rgatishi o’quvchilarni talaffuzi intonatsiyasi va xotirasini rivojlantiradi. Ikki ovozlikni kuylashda, bir ovoz cho’zib, ikkinchi ovoz harakatlashishi ham, bolalarni eshitish qobiliyatlarini ustiradi. Keyinchalik esa, ovozlarni parallel bir tomonga yo’nalishi, ovozlarni qarama-qarshi yo’nalishi va har xil murakkabrok holatida ham kuylash mumkin bo’ladi. Musiqa darsida ikki ovozda kuylash uchun bolalar ovozini diskant va altga bo’lish shart emas, balki taxminiy bo’lishi ham mumkin. Chunki ikkinchi, uchinchi ovozni kuylaganda bolalarni musiqa o’quvi ko’proq o’sadi. Shuning uchun ovozlarni galma-gal almashtirib kuylatish lozim. Buning uchun albalta dastlab, sof unisonga erishiladi. So’ngra, ikki ovozli asarlarga utiladi. Bolalarning ovozlari yangroq ovoz apparatlari shakllangan, ko’nikma va malaka ega bo’lganligi sababli ikki ovozli qo’shiqlarni o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Respublikamiz jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egallagan. Uni saqlab turish uchun ma’naviy salohiyat bilan iqtisodiy qudratimizni XXI asr ilmiy-texnika tarraqiyoti talablariga javob beradigan tarzda rivojlantirishimiz zarur. Turli sohaga mansub bo‘lgan kadrlarni tayyorlash va ularning kasbiy mahoratini oshirish ta’lim jarayonining asosiy maqsadidir. Buning uchun ayniqsa yoshlarimiz dunyoqarashini, madaniyati va ma’naviyatini, kasbiy bilim va insoniy fazilatlarini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish talab etiladi.
|
| |