• 11. 3. Psixolingvistik ekspertiza
  • Yolg‘on fikr ifodalash psixolingvistikasi




    Download 20.2 Kb.
    bet2/3
    Sana02.04.2023
    Hajmi20.2 Kb.
    #48273
    1   2   3
    Bog'liq
    8-ma\'ruza PL (2-semestr)
    19 Maskalardan foydalanish, 0-16 yoshlar jadvali umumiy, 000, ccccc, Документ Microsoft Word, Taqdimot, Taqdimotlar, Тесты по предмету Физиология человека2 курс (1), 1668548294, Amaliy mashgni Corel Draw da bajarish tartibi, 17-мактаб Ватан таянчи отряди (3) (Lotincha), Mkroprotsessorlar, mikroEHM asoslari (1), MAQOLA ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,, maqola-------------------
    11. 2. Yolg‘on fikr ifodalash psixolingvistikasi
    Yolg‘on fikr ifodalash deganda narsa va hodisalarning haqiqiy holatini ataylab noto‘g‘ri, buzib tasvirlash nazarda tutiladi. Mazkur muammo psixolingvistika paydo bo‘lmasidan oldin ko‘rsatma berish jarayonida haqiqatni qaror toptirish maqsadida tortishib kelingan masalalardan biri bo‘lib kelgan. Psixolingvistikada yozma va og‘zaki yolg‘on fikr ifodalash yuzasidan amalga oshirilgan talaygina nazariy va eksperimental tadqiqotlar mavjud. Ushbu tadqiqotlarda “Yolg‘on xabarni planlashtirish va amalga oshirishda uning muallifi o‘zining individual nutqiy amaliyotida hamda u mansub bo‘lgan ijtimoiy guruhning nutqiy muamalasida qo‘llanish chastotasi kam bo‘lgan so‘zlarni muayyan qiyinchiliklar bilan faollashtiradi” degan muhim xulosaga kelingan (Leontev, Shaxnarovich, Batov 1977, 37-bet).
    Keng omma uchun yolg‘on fikr ifodalash muammosi “yolg‘on detektori” yoki poligraf qo‘llash bilan bir xil hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishning asoschisi sifatida 1920-yillarda “O‘zaro bog‘langan metodika usuli”ni ishlab chiqqan A.R.Luriyani ko‘rsatish mumkin. A.R.Luriyaning ingliz tilida nasr qilingan “The nature of Human Conflicts” (Luria, 1932) nomli kitobida bu usul batafsil yoritilgan va AQSHda katta muvaffaqiyat qozongan. AQSHda poligrafning amaliy qo‘llanishi keng tarqalgan. A.R.Luriyaning yozishicha “bu tadqiqot yolg‘on detektorining dastlabki modeli bo‘lib, u kriminalistlarning faoliyatida amaliy jihatdan katta yordam bergan” (Luriya, 1982, 23-bet).

    11. 3. Psixolingvistik ekspertiza
    Ekspertiza tushunchalari. Ekspertizaning turlari ko‘p bo‘lgani uchun uni huquqiy maqomga ko‘ra sud ekspertizasi va kriminal ekspertizaga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Exspert sud ekspertizasida yakuniy xulosa beruvchi shaxs hisoblanadi. Ekspertiza deganda keng ma’noda jinoyatni ochish jarayonida (sudgacha va sud jarayonida) gumondor shaxsni, vaziyatni, jinoyat sodir etilganda foydalanilgan vositani topish, gumon qilinayotga shaxsning psixologik holatini aniqlash, shuningdek, jarayonga taalluqli qo‘shimcha ma’lumot olish maqsadida maxsus bilim va tajribaga ega mutaxassisning kriminal tekshiruvi va h.k.ni tushunish mumkin.
    Agar ekspertiza dastlabki tergov doirasida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, u kriminal ekspertiza, sud tergov ishlari doirasida amalga oshirilayotgan bo‘lsa unda sud ekspertizasi hisoblanadi. Umuman, fuqarolik, xo‘jalik va konstitutsiyaviy sud jarayonlarida ham kriminal va sud ekspertizalaridan foydalanish mumkin, biroq bu o‘rinda uning vazifalari cheklangan bo‘ladi.
    Shuni ta’kidlash joizki, ekspertiza turlarining umumiy tasnifi mavjud emas. Ko‘pincha kriminal ekspertiza quyidagi turlarga ajratiladi:
    a) trasologik ekspertiza (avtotransport hodisalari izlarini aniqlash ekspertizasi);
    b) ballistik ekspertiza (o‘qotar qurollari izlarini aniqlash yuzasidan olib boriladigan ekspertiza);
    d) hujjatlar ekspertizasi (hujjatlardagi imzolar, muhrlar, shtamplar, yozuvlar yuzasidan olib boriladigan ekspertiza);
    e) gabitologik ekspertiza (shaxsning tashqi belgilariga ko‘ra aniqlash ekspertizasi). Ekspertiza sistemasida sud psixologik ekspertizasi (kriminal ekspertiza va sud ekspertizasidan tashkil topgan) asosiy o‘rinni egallaydi.
    Sud psixologik ekspertizasi. Sud psixologik ekspertizasining asosiy vazifasi psixologik mazmunga ega bo‘lgan muammolarni yechishda adliya organlariga yordam berish, uning funksiyasi esa maxsus psixologik bilimlar va metodlar vositasida aybdorlar, guvohlar va jabrlanuvchilar psixik faoliyatining individual xususiyatlarini obyektiv baholashga imkon beradigan yangi dalillarni qo‘lga kiritishdan iborat. Sud psixologik ekspertizasining predmeti ish yuzasidan obyektiv haqiqatni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etgan inson psixik faoliyati komponentlarini bir butunlikda belgilash va baholash hisoblanadi.
    Psixolingvistik ekspertizaning turlari va tushunchalari. Psixolingvistik ekspertiza odatda, mutaxassislar tomonidan lingvistik va yozuv ekspertizasi bilan bir qatorga qo‘yiladi. Biroq ekspertiza vositasida hal qilinadigan masalalar aksariyat hollarda ekspertizaning barcha turlari, jumladan, psixolingvistik, lingvistik va yozuv ekspertizalarining ishtirokini talab qiladi.
    Ekspertizani maqsadiga ko‘ra ham turlarga ajratish mumkin:
    a) mualliflik ekspertizasi – matn muallifini aniqlash yoki shu matnni yozishi mumkin bo‘lgan shaxsni aniqlash. Bunda shaxsning jinsi, yoshi, millati, ona tili, tug‘ilgan joyi, yashash joyi, ma’lumoti va h.k. tekshiriladi;
    b) matn muallifining vaqtinchalik belgilariga, masalan, uning emotsional holatini aniqlashga qaratilgan ekspertiza;
    d) tekshirilayotgan matnni yaratishdagi u yoki bu sharoitlarni aniqlashga qaratilgan ekspertiza;
    e) matndagi ma’lumotlarni ataylab buzib ko‘rsatilishini aniqlashga qaratilgan ekspertiza;
    f) matn muallifini javobgarlikka tortish uchun asoslarning yetarliligini aniqlashga qaratilgan ekspertiza. Bunda asarlarda bo‘hton, tuhmat, shaxsni haqoratlash, millatchilik, diniy kelishmovchiliklarni yuzaga keltiruvchi, urushga yoki davlat to‘ntarishiga chorlovchi mazmunning mavjudligi tekshiriladi3.

    Download 20.2 Kb.
    1   2   3




    Download 20.2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yolg‘on fikr ifodalash psixolingvistikasi

    Download 20.2 Kb.