• 3-reja bo`yicha dars maqsadlari
  • Identiv o`quv maqsadlari
  • 3-reja bayoni
  • Nazorat savollari
  • 8-maʼruza-matni pdf




    Download 77.46 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/4
    Sana03.02.2023
    Hajmi77.46 Kb.
    #40860
    1   2   3   4
    Bog'liq
    8-maʼruza-matni
    12, MUNDARIJA, Elektr hisoblagichlari haqida asosiy ma, Urushning songgi qurboni hikoyaotkir , 1, 3-Mavzu, 222хисобот, Экология-2, vIDpwGKsE6-ZCiS8h1WSnb5t2Ib-R3d2, Struktura amaliy1, 21-Mavzu, Reaktiv sinxron elektr mexanik o’zgartgichning tuzilishi, ishlas, 9, 7
    Nazorat savollari:
    1. Bog`lovchisiz qo`shma gaplarni mazmunan necha turga bo`lib o`rganish
    mumkin?
    2. Payt munosabatini ifodalovchi bog`lovchisiz qo`shma gaplarga misollar
    keltiring.
    3. Zidlik munosabatini ifodalovchi bog`lovchisiz qo`shma gaplarning xarakterli
    xususiyatlari nimalardan iborat.
    4. O`xshatish munosabati qanday ifodalanadi?
    5. Izohlash munosabatli bog`lovchisiz qo`shma gaplarni necha turga bo`lish
    mumkin?


    6. Qiyoslash munosabatini ifodalagan bog`lovchisiz qo`shma gaplarda qiyoslash
    ob`ekti nimalardan iborat bo`ladi?
    7. Bog`lovchisiz qo`shma gaplar mazmunan qo`shma gaplarning qaysi turiga
    sinonim bo`la oladi?
    3-reja bo`yicha dars maqsadlari:
    Talabalarga bog`lovchisiz qo`shma gaplarda tinish belgilarning qo`llanishi
    bo`yicha nazariy ma`lumotlar berish. 
    Talabalar yozma nutqida bog`lovchisiz qo`shma gaplarni qo`llash, ularda
    tinish belgilarni to`g`ri ishlata olish ko`nikmalarini shakllantirish.
    Identiv o`quv maqsadlari:
    1. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari orasida qanday holatlarda vergul
    ishlatilishini biladi.
    2. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari orasida qanday hollarda nuqtali vergul
    ishlatilishini biladi.
    3. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari orasida qanday hollarda tire ishlatilishini
    biladi.
    4. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari orasida qanday hollarda ikki nuqta
    ishlatilishini biladi.
    3-reja bayoni:
    Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda tinish belgilari. Tinish belgilarining ko’p
    turi ishtirok etadigan qo’shma gap turi – bu, bog’lovchisiz qo’shma gaplardir.
    Bog’langan va ergash gapli qo’shma gaplarda, asosan, vergul ishlatildi.
    Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda esa vergul bilan bir qatorda ikki nuqta, nuqtali
    vergul, tire kabi tinish belgilari ham ko’p qo’llaniladi.
    Bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlari bir paytda yoki ketma-ket bajariladigan
    ish-harakatini bildirsa, bir-biridn vergul bilan ajratiladi:
    Botirlari kanal qazadi,
    Shoirlari g’azal yozadi (H.O.).
    Yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi, o’quvchilar keng va yorug’
    xonalarda o’qish boshladilar (Ro’znomadan).


    Qiyoslash munosabatini ifodalovchi bog’lovchisiz qo’shma gap
    komponentlari ham vergul bilan ajratiladi: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod
    (Maqol).
    Bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlari o’rtasida o’xshatish munosabati
    yuzaga chiqqan o’rinlarda qismlar bir-biridan tire bilan ajratiladi: Qor yog’di – don
    yog’di. Suv keldi – nur keldi (Maqol).
    Shart-payt, zidlik munosabadlarini ifodalovchi bog’lovchisiz qo’shma gap
    komponentlari ham o’zaro tire bilan ajratiladi:
    Yurt notinch – sen notinch
    Qo’shning tinch – sen tinch (Maqol).
    Ko’priklar yasadik – zolimlar o’tdi,
    Ariqlar chiqardik – yovlar quritdi (xat).
    Qismlari biri ikkinchisini yoki uning tarkibidagi biror bo’lakni izohlab
    keluvchi bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlari orasiga ikki nuqta qo’yiladi:
    O’zingizga ma’lum: kadr tanqis (O.). Shu fe'llari yaxshi: hech kimni birovning
    oldida behurmat qilmaydilar (A.Q.).
    Odamlar har xil: biri – sergap, biri – kamgap.
    So’zlar bor: xarsangdek boshga tushar,
    So’zlar bor, qanotga-qanot qo’shadi.
    Bog’lovchisiz qo’shma gap tarkibida sodda gaplar bir necha bo’lsa,
    mazmuni bir-biriga yaqin bo’lgan holda guruhlansa, ular o’rtasida nutqli vergul
    ishlatiladi va bunday konstruktsiyalar murakkab qo’shma gaplarni yuzaga
    chiqaradi.
    Yuqoridagilardan shu narsa ma’lum bo’ladiki, bog’lovchisiz qo’shma gaplar
    tinish belgilariga boy bo’lganligi bilan ham qo’shma gapning boshqa
    ko’rinishlaridan farq qiladi. Bog’lovchisiz qo’shma gap strukturasini chizma
    shaklida quyidagicha ifodalash mumkin:
    Bog’lovchisiz qo’shma gaplarni tahlil qilish tartibi: 
    1. Bog’lovchisiz qo’shma gaplarning mazmuniy klassifikatsiyasi bo’yicha tiplari:
    a) payt munosabatini;


    b) qiyoslash munosabatini;
    v) izohlash munosabatini bildiruvchi bog’lovchisiz qo’shma gaplar.
    2. Bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlarining strukturasi:
    a) ikki bosh bo’lak gaplardan;
    b) bir bosh bo’lak gaplardan.
    3. Komponentlar kesimining zamon munosabati:
    a) bir xil zamon shakli va mazmunida;
    b) turli zamon shakli va mazmunida;
    4. Komponentlarni biriktiruvchi vositalar:
    intonatsiya, umumiy mazmun talabi, ayrim leksik elementlar.
    5.Bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlarini ajratib turuvchi tinish belgilari:
    vergul, tire, ikki nuqta, nuqtali vergul.
    6.Bog’lovchisiz qo’shma gapga mazmunan sinonim bo’lgan qo’shma gap turi:
    a) bog’langan qo’shma gap;
    b) ergash gapli qo’shma gap.
    Namuna: Ona tilini seving: u dunyoni bilish kaliti.
    1. Izohlash munosabatini bildiruvchi bog’lovchisiz qo’shma gap.
    2. Birinchi komponent – bir sostavli (shaxs ma’lum) gapdan, ikki komponent –
    ikki bosh bo’lakli yoyiq gapdan iborat.
    3. Kesimlari turli zamon shakli va mazmunida – kelasi zamon hozirgi zamon.
    4. Komponentlar o’rtasida ikkita nuqta ishlatilgan.
    5. Komponentlar o’zaro intonatsiya va mazmun talabi bilan bog’langan.
    6. Mazmunan sabab ergash gapli qo’shma gapga sinonim bo’ladi:
    Nazorat savollari:
    1. Bog`lovchisiz qo`shma gaplarda tinish belgilarning qaysi turlari ishlatiladi?
    2. Bog`lovchisiz qo`shma gaplarning qaysi turida vergul ishlatiladi?
    3. Bog`lovchisiz qo`shma gaplarning qaysi turida tire ishlatiladi?
    4. Bog`lovchisiz qo`shma gaplarning qaysi turida ikki nuqta ishlatiladi.

    Download 77.46 Kb.
    1   2   3   4




    Download 77.46 Kb.
    Pdf ko'rish