• Identiv o`quv maqsadlari
  • -reja bo`yicha dars maqsadlari




    Download 77.46 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/4
    Sana03.02.2023
    Hajmi77.46 Kb.
    #40860
    1   2   3   4
    Bog'liq
    8-maʼruza-matni
    12, MUNDARIJA, Elektr hisoblagichlari haqida asosiy ma, Urushning songgi qurboni hikoyaotkir , 1, 3-Mavzu, 222хисобот, Экология-2, vIDpwGKsE6-ZCiS8h1WSnb5t2Ib-R3d2, Struktura amaliy1, 21-Mavzu, Reaktiv sinxron elektr mexanik o’zgartgichning tuzilishi, ishlas, 9, 7
    2-reja bo`yicha dars maqsadlari:
    Talabalarga bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari orasida yuzaga keladigan
    turli xil munosabatlar turi haqida nazariy ma`lumot berish talabalar nutqida
    bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari orasidagi munosabatlarni to`g`ri ifodalash
    ko`nikmalarini shakllantirish.


    Identiv o`quv maqsadlari:
    1. Bog`langan qo`shma gap qismlari orasidagi munosabatlarni aniqlay biladi.
    2. Bog`langan qo`shma gap tahlilini amalga oshira biladi.
    2-reja bayoni:
    Bog’lovchisiz qo’shma gaplar ifodadaga mazmuniy munosabatiga ko’ra,
    yetti turga ajratiladi:
    1. Payt munosabatini ifodalagan qo’shma gaplar.
    2. Qiyoslash munosabatini ifodalagan qo’shma gaplar.
    3. Shart-paytini ifodalagan qo’shma gaplar.
    4. Sabab-natija ifodalagan qo’shma gaplar.
    5. Zidlik munosabatini ifodalagan qo’shma gaplar.
    6. O’xshatish munosabatini ifodalagan qo’shma gaplar.
    7. Izohlash munosabatini ifodalagan qo’shma gaplar.
    Bog’lovchisiz qo’shma gaplarning katta gruppasini ma’lum bir paytda ro’y bergan
    yoki mavjud hodisa, voqea, xususiyat, holatni ifodalovchi bog’lovchisiz qo’shma
    gaplar komponentlaridan anglashilgan voqea yoki hodisaning ro’y berish tartibiga
    ko’ra, ikki guruhga bo’linadi:
    A) bir paytda bajariladigan harakat-holatni ifodalovchi bog’lovchisiz qo’shma
    gaplar.
    B) ketma-ket ro’y beradigan harakat-holatni ko’ratuvchi bog’lovchisiz qo’shma
    gaplar.
    Birinchi turdagi qo’shma gaplarda komponentlardan anglashilgan harakat-holat bir
    paytda ro’y beradi: Mehnat kuldi, kurash zafar qozondi. (H.O.)
    Pazandasi yopadi shirmon,
    Qarilari kutadi mehmon. (H.O.)
    Yuqoridagi konstruktsiyani tashkil etuvchi har ikki predikativ birlik-
    komponentning kesimi bir xil zamon shakli va mazmunida, ya’ni hozirgi zamon
    fe'li orqali ifodalangan. O’zbek tilida hozirgi zamon mazmuni sifatdoshlar yoki ot
    kesimlari yordamida ham yuzaga chiqishi mumkin: Intizom tarbiya natijasidir,
    rejim tarbiya vositasidir (Ro’znomadan).


    Qo’shma gaplardagi ish-harakatning bir paytda ro’y berishini yanada
    takidlash uchun sintaktik konstruktsiyaning ikkinchi qismida shu payt, shu paytda,
    shu vaqt, shu vaqtda, shu zamon, shu zahoti kabi leksik elementlar qo’llanishi
    mumkin.
    II. Ketma-ket ro’y beradigan harakat-holatni ifodalovchi bog’lovchisiz
    qo’shma gaplar. Bunday qo’shma gaplarnng komponentlaridan anglashilgan
    harakat-holat galma-gal ro’y bradi:
    To’rga katta gilam soldilar,
    O’yinchilar kelib qoldilar. (H.O.)
    Qo’shma gap komponentlaridan anglashilgan ketma-ketlik mazmunini yanada
    kuchaytirish maqsadida, ikkinchi komponentning boshlanishida bir ozdan so’ng,
    undan keyin kabi so’zlar ishlatiladi: Avji ketish payti, bir ozdan so’ng tong otadi.
    (O.)
    Bu tipdagi qo’shma gap komponentlarining kesimlar, asosan, bir xil zamon
    shakli va mazmunida bo’ladi: Kecha o’zining qora pardasini yig’ishtira boshladi,
    ufq oqara boshladi (I.R.).
    Qiyoslash munosabatini ifodalovchi bog’lovchisiz qo’shma gaplar.
    Bog’lovchisiz qo’shma gapning bu turida komponentlaridan anglshilgan
    harakat-holat, belgi-xususiyat bir-biriga qiyoslanadi, solishtiriladi. Bundan maqsad
    ularning farqini ochish, bir-biriga mos yoki mos emasligini ko’rsatishdir.
    Masalan: Bilagi zo’r birni yiqar,
    Bilimi zo’r mingni yiqar (Maqol).
    Bular rohatda, men hasratda yashayman (O.).
    Qiyoslash munosabati qismlarning umumiy mazmuni, ayrim leksik
    elementlar-antonimlar orqali ko’zga tashlanib turadi: Yigit urushga ketdi, orqasida
    yor qoldi (H.O.).
    Eridan ayrilgan yetti yil yig’lar,
    Elidan ayrilgan o’lguncha yig’lar (Maqol).
    Toqatliga tog’lar egar boshini,
    Toqatsizning birovlar er oshini (Maqol).


    Yuqorida keltirilgan misollarda qo’shma gap komponentlarining kesimlari
    bir xil zamon shakli va mazmunida qo’llangan.
    Shart-payt munosabati: Davlat tinch - sen tinch (Maqol). Tegding – yutib
    yuboradi (Ertak). Kolxozchilarni biriktir–har birining yuragida bo’ron
    qo’zg’olonadi. (O.)
    Bu turdagi qo’shma gaplarning birinchi komponenti ko’tariluvchi, ikkinchi
    qismi esa pasayib boruvchi intonatsiya bilan aytiladi.
    Sabab-natija munosabati:
    Seni ko’rdim o’ynadi yurak,
    Bulbul kabi sayradi tilim. (U.)
    Zidlik munosabati: Suv keldi – nur keldi. qo’shni keldi ko’mak keldi.
    Izoh munosabati: Shuni yaxshi biling: o’chmas nomingiz,
    O’chmas bu bog’lar bosgan izingiz (T.To’la).
    Bog’lovchisiz qo’shma gapning va ergash gapli qo’shma gaplarga sinonim
    bo’lgan tiplari haqida.
    Bog’lovchi qo’shma gapning shunday turlari borki, ular mazmunan
    bog’langan yoki ergash gapli qo’shma gaplarga sinonim bo’ladi. Bu esa nutqda
    qo’shma gapning istalgan turidan (muallif ixtiyori bilan) foydalanish imkoniyatini
    tug’diradi.
    Bog’lovchisiz qo’shma gaplar ko’proq og’zaki nutqga xosdir, chunki u
    ixchamlashgan, soddalashgan bo’ladi, ortiqcha vositalar ishtirok etmaydi.
    Bog’langan va ergash gapli qo’shma gaplar esa ko’proq yozma nutqqa xos bo’lib,
    stilistik maqsadlarda foydalaniladi:
    Misollar shuni tasdiqlaydiki, payt munosabatini ifodalovchi bog’lovchisiz
    qo’shma gaplar biriktirsh munosabatini ifodalovchi bog’langan qo’shma gaplarga,
    qiyoslash va izohlash munosabatini ifodalovchi bog’lovchisiz qo’shma gaplar esa
    ergash gapli qo’shma gaplarga sinonim bo’ladi. Misollar: Bahorning butun
    hayotbaxsh ruhi yuzlarda barq urdi, dillar isib ketdi (As.M.).
    Bu gap komponentlari o’rtasiga «va» bog’lovchisini kiritib, bog’langan
    qo’shma gap hosil qilish mumkin.


    Mard bir o’lur – nomard yuz o’lar, 
    Mard bir o’lsa, nomard yuz o’lar. (Maqol).
    Ko’zlar bor: boqqan dam
    Ko’ngul huzur topadi;
    Ko’zlar bor: boqqan dam
    Dilga bulut yopadi (G.Nurillaeva).
    O’zim har joydaman, ko’nglim sendadir.
    O’zim har joyda bo’lsam ham (-da), ko’nglim sendadir. (og’zaki nutqdan)
    Suv keldi – nur keldi. Su keldi, go’yo nur keldi
    It hurar – karvon o’tar. It hurar, lekin karvon o’tar.
    Badiiy adabiyotlar shoiralar bog’lovchini hijo talabi bilan ixtiyoriy ravishda
    ham qo’llash hollari bor: Novdalarni bezab g’unchalar,
    Tongda aytdi hayot otini
    Va shabboda qurg’ur ilk sahar
    Olib ketdi gulning totini (H.O.).
    Shuni ham aytib o’tish lozimki, komponentlari bir xil struktural qurilishga
    ega bo’lgan, bir tipli sodda gaplardan tuzilgar bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari
    o’rtasida hamma vaqt ham bog’lovchi qo’yish mumkin bo’lavermaydi: Omborchi–
    erkak, ferma mudiri – erkak, do’kon mudiri – erkak (A.Qahhor).

    Download 77.46 Kb.
    1   2   3   4




    Download 77.46 Kb.
    Pdf ko'rish