• Nazorat topshiriqlari
  • Tayanch atama va iboralar
  • Bog’lovchisiz qo’shma gaplarning strukturasi




    Download 77.46 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana03.02.2023
    Hajmi77.46 Kb.
    #40860
    1   2   3   4
    Bog'liq
    8-maʼruza-matni
    12, MUNDARIJA, Elektr hisoblagichlari haqida asosiy ma, Urushning songgi qurboni hikoyaotkir , 1, 3-Mavzu, 222хисобот, Экология-2, vIDpwGKsE6-ZCiS8h1WSnb5t2Ib-R3d2, Struktura amaliy1, 21-Mavzu, Reaktiv sinxron elektr mexanik o’zgartgichning tuzilishi, ishlas, 9, 7
    Bog’lovchisiz qo’shma gaplarning strukturasi.
    Bog’lovchisiz qo’shma gaplarni tashkil etgan komponentlar turli xil tiplardan
    iborat bo’lishi mumkin. Bog’lovchisiz qo’shma gaplarni tashkil etgan sodda
    gaplar, ko’pincha, darak gap shaklida bo’ladi:
    Yaxshi yaxshiga yondoshtirar, 
    Yomon yo’ldan adashtirar (maqol).
    Ba’zi bog’lovchisiz qo’shma gapning bir komponenti ritorik so’roq gaplardan
    iborat bo’lishi ham mumkin.
    Chekinsinmi –yo’q, g’ururi yo’l bermaydi (O.).


    Bog’lovchisiz qo’shma gaplar ko’proq jonli nutqda qo’llanilganligi uchun
    ham, struktura jihatidan ancha erkin tuziladi. 
    1. Qo’shma gapning bir komponenti yoki har ikkisi bosh bo’lakli gapdan
    iborat bo’lishi mumkin:
    Eshakni yaydoq minib bo’lmaydi – yiqitadi kishini (A.Q.) shaxssiz gap.
    Kulib turgan baxtiga yuzni teskari burish – bu qanday nonko’rlik!
    1-komponent – infinitiv gapdan iborat.
    2. Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlarida biri yoki har ikkisi to’liqsiz
    gaplardan ibort bo’ladi: Ahmoq xoriganini bilmas, ko’sa qariganini (maqol).
    Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi (To’liqsiz gap).
    Bog’lovchisiz qo’shma gaplarni tashkil etgan gaplarning har qaysisi, agar ular
    ikki sostavli gap bo’lsa, egasi bo’lishi shart. Umumiy egasi bo’lgan
    konstruktsiyalar, ular qanchalik kengaymasin, qo’shma gap hisoblanmay, uyushiq
    bo’lakli yoki oborotli sodda gap sanaladi.
    Nazorat topshiriqlari:
    1. Bog`lovchisiz qo`shma gap haqida tushuncha.
    2. Bog`lovchisiz qo`shma gaplar strukturasi (tuzilishi) haqida gapirib bering
    3. Bog`lovchisiz qo`shma gapni shakllantiruvchi asosiy vosita nima.
    4. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlarini bog`lashda yana qanday vositalar ishtrok
    etadi.
    Tayanch atama va iboralar:
    Bog`lovchisiz qo`shma gap, intonatsiya, (ohang) bog`lovchisiz qo`shma gap
    strukturasi, bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari, payt munosabati, qiyoslash
    munosabati, zidlik munosabati, izohlash munosabati, qo`shma gaplarda
    sinonimiya.

    Download 77.46 Kb.
    1   2   3   4




    Download 77.46 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bog’lovchisiz qo’shma gaplarning strukturasi

    Download 77.46 Kb.
    Pdf ko'rish