Bunday joylardagi èkin maydonlari suv bosib, zaxlanib ketishdan saqlovchi
baland chellar, zeykashlar bilan to’sib qo’yiladi. Ularni va maxsus er otsi suvlarini
tutib-uzatuvchi inshootlarni qurishdan maqsad yo’l poyiga ham utski-otski suv
ta’siridan saqlashdir. Sug’oriladigan maydonlar xosildor hisoblangani uchun yo’l
poyi va uning sahniga ajratilgan yuza ko’pincha chegaralangan holda bo’ladi.
Shuning uchun sahndan grunt surilib ko’tarma tiklansa, o’yma
joy zaruriy suv
qochirgich qiyaliklari ta’minlanib, er ègasi talabiga moslab qo’yilishi lozim.
Grunt manbaining baland-pats joylashuviga qarab, turlicha èkskavatorlar
bilan ishlov berilib, o’zito’kar vositalarga yuklab tashiladi. Ko’tarmaga to’kilgan
grunt yoyilib, zaruriyat bo’lganida namlanib, so’ng zichlanadi.
Bunday joylarda
ko’pincha ishlash miqyosi chegaralangan bo’lib, O’ziyurar rezina kovushli katoklar
bilan zichlanadi.
Sug’oriladigan maydonlarda qurilgan yo’lning ko’tarmasi to’g’on
vazifasini ham o’taydi. Shuning uchun bunday ko’tarma otslarida suv o’tkazgich
quvurlar va chuqurlashgan kollektor zeykashlar quriladi.
5.6-rasm. Sun’iy sug’oriladigan hududlarda joylashgan yo’l poyining ko’ndalang
kesim qiyofasi:
a- tashib keltirilgan gruntdan qurilgan yo’l poyi; b-sahn gruntidan qurilgan yo’l
poyi; d-ikki tomonlama zovurli yo’l poyi; e- beton bilan qotirilgan zovur ko’tarma;
f- suv qochirish qiyin joylarda yo’l poyining joylashuvi; v-yo’l poyini èni.
To’g’on-ko’tarma qurilishini belgilab olish, yon sahnini tozalash, gruntni
tayyorlash va unga boruvchi vaqtincha yo’lni ta’minlash bilan boshlanadi. So’ng
èkskavator bilan "tish" kovlanib, grunti sahndan tashhariga transport vositalari bilan
chiqarib tashlanadi. "Tish" o’rni manbadan keltirilgan
loysimon grunt bilan
to’ldiriladi. Bu gruntni o’zito’kar mashinalar yoki skreperlar bilan tashiladi. Tishli
o’raga to’kilgan grunt, yoyilib me’yorli namlanadi, so’ng yaxshilab zichlanadi. O’ra
èniga moslab zichlash usuli va zichlagich tanlanadi.
Grunt to’g’on qismini tiklash baland ko’tarmani qurish uslubida bajariladi.
Bunda asosiy o’zgaliklaridan biri - zichlashni yuqori sifatda bajarish hisoblanadi.
Ko’tarma qiyaliklarini tekislash va qotirish jarayonlaring yakuni hisoblanadi. Yo’l
poyiga yonma-yon zovur joylashtirilsa, undan olingan gruntni birdaniga ko’tarmaga
ishlatish mumkin. Bu gruntning namligi me’yoridan ortiq bo’lsa, uni yo’lga
yondoshgan sahnda yoki zovur yoniga to’kib quritiladi. Zovurlar uchun qurilgan
o’ralar èkskavatorlar bilan kovlanadi. Grunt ko’tarmaga tashib kelinib yoyiladi,
so’ng zichlanadi. Ko’tarmani tiklash zovurlar qiyofasini saqlab turish hisobi bilan
joylashtirilishi lozim. Shuning uchun ko’tarmani birdaniga loyiha balandligicha
ko’tarish tavsiya ètilmaydi. Zovurni kovlash oldinma-ketin
harakatlanuvchi
èkskavatorlar bilan bajarilib, ular oralig’i, ishlov berilayotgan grunt qatlami qurishni
ta’minlashi lozim. Shuning uchun ishlash chuqurligi orta borishi bilan
èkskavatorlarning ishlashdagi oraliq vaqti ham ortadi. Zovurdan qarama-qarshi
tomonga quriladigan suv to’skich arikcha avtogreyder yoki moslama o’rnatilgan
buldozer yordamida bajariladi. Bundan chiqqan grunt ko’tarmaga joylashtiriladi.
Ayrim hollarda maxsus chuqur kovlagichdan ham foydalaniladi. Sug’orishga
mo’ljallangan suvni tarqatish uchun mo’ljallangan tayanchli temir-beton ariqlari
bo’ylab ko’tarma qurilishida ish bajarish uslubi faqat transport vositalarida tashib
kelish hisobida ko’rilishi lozim. Bunda ko’tarma otsonalarini namlanib buzilishidan
saqlanish choralarini ham ko’rish zarur.
Bunday tumanlarning qurilish joylarida ko’tarma
tiklash uchun etarli
hajmdagi grunt bilan ta’minlash ma’lum qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Shuning
uchun har qanday imkoniyatdan, jumladan, o’ta ortiq (to’yingan) namli gruntlardan
ham foydalanib, ko’tarma qurish mumkin. Bunda ish bajarish uslubi o’zgacha
bo’lib, jarayonlar bir vaqtda ham ko’tarma ènida, ham sahn yuzasida olib boriladi.
Ko’tarma asosiga keltirilgan grunt balandligi 20-25 sm ni tashkil qiladi.
Qolgan
gruntlar sahnga to’kilib, uning namligi me’yor holatga kelgunicha quritiladi. Bu
grunt yo’l poyi otsidagi birinchi qatlam zichlanganidan so’ng, ko’tarmaga suriladi
yoki tashiladi. Kerakli qalinlikda yoyib olingan grunt zichlanadi.
O’zbekitsonning sun’iy sug’oriladigan hududlarida yo’l poyini hashar usulida
ham qurish keng tarqalgan. Bunday usul, agar ilgari texnika tankisligidan tashkil
qilingan bo’lsa, so’nggi vaqtlarda qishloq xo’jaligi ishlaridan bo’shagan texnika va
ishchi kuchi mavjudligi hamda qurilish ishning muddatlari cheklangan vaqt (dekabr-
fevral)da bajarilmokda. Hashar usulida yo’l poyini vurish ko’pincha salbiy
haroratda, yog’ingarchilik mo’l kunlariga to’g’ri kelib, ariv-zovurlarni tozalashdan
yoki qurishdan chiqqan gruntlardan foydalanib amalga oshiriladi.
Hashar usulida turlicha tashkilot texnikasi va ishchi kuchi jalb vilinadi. Bu
usuldagi yo’l poyi qurilishi oldindan belgilab olinib, ishdagi har bir katnashchiga
tushunarli va uzov muddat savlanib volish holida olib borilishi lozim.
Belgilash
ishlari va asosiy ish jarayonlarini bajarishda bir vavtning o’zida ko’plab malakali
mutaxassislarni jalb vilib ish boshlash lozim bo’ladi. Bunda qatlamlab zichlash viyin
bo’lib, odatda, birdaniga ko’tarma balandligi bo’yicha ish bajarib boriladi. Grunt
tanvisligi sababli yuvori namlikdagi, hatto, muzlagan grunt vo’llanilgani sababli,