Sovuq haroratli kunlarda yo‘l poyini qurish. Qishda er ishlarini bajarish




Download 406,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana05.06.2024
Hajmi406,94 Kb.
#260604
1   2   3   4
Bog'liq
8-maruza

Sovuq haroratli kunlarda yo‘l poyini qurish. Qishda er ishlarini bajarish 
xususiyatlari 
Qishda o‘yma va quruq qumlarda, shag’al-galechnik va qoya-tog’ jinsarida 
rezervlar quriladi, bir yerga to’plangan rezervdan ko‘tarma yasaladi, gilli 
gruntlardan chuqurligi 3 m dan ortiq quruq o‘ymalar o‘yiladi, botqoqliklarda qumli 
gruntlardan ko‘tariladi, torf kavlab olinadi, drenaj quriladi, shuningdek, ishlab 
chiqarishning shaxsiy loyihasiga muvofiq boshqa yer ishlarini qilish mumkin 
bo‘ladi.
Qishki yer ishlarining alohida xususiyatiga havo haroratining salbiyligi, qor 
va muzlar kiradi. Qishki mavsumda, masalan, yer sharining shimoliy tomonlarida, 
Sibir va Uzoq Sharqning ko’pgina tumanlarida, qishda qurilish joyiga borishning 
yagona sharoiti yaratiladi. Qurilish ishlarining qishda emas, aksincha yozda oshadi. 
Bu tumanlarda qishda botqoqliklarda ko‘tarmalarni qurish va torflarni chiqarib 
tashash ishlari texnologik jihatdan osondir, torfni olib tashlamasdan vaqtinchalik 
yo‘llarni qurish qulay va karyer va qishda faoliyat ko‘rsatadigan boshqa ob'yektlarga 
vaqtinchalik o‘tish yo‘lini ta'minlash mumkin. Ko‘rsatilgan tumanlarda qishki 
ishlarni olib borish muhim hisoblanadi, chunki bunday viloyatlarda qish mavsumi 
uzoq davom etadi.
Qishda ishlarni olib borishda quyidagi kamchiliklarga quch kelinadi: ishlashni 
gruntning muzlashi, grunt tarkibida muzlagan bo‘laklar bo‘lishib ishlashni 
qiyinlashtiradi; yer inshootlari asosini qor va muzdan tozalash; ishchilar uchun 
qishki kiyimning kerakligi; inson va texnikani ishlashi uchun normal sharoit 
yaratish, zaruriyati, suv-moyni isituvchi qurilmalar kerakligi. Bu esa kichik frontda 
mashinalarni bir yerga to’plash, ishni yuqori jadallikda bajarish; yer ishlarini iloji 
boricha uch smenada olib borishni taqozo qiladi. Bu holatlarda grunt muzlaguncha 
karyerni ishlash va ko‘tarmaga to‘kish, shuningdek, gruntni zichlashtirish ishlarini 
tugallash bo‘yicha hamma texnologik jarayonlarni bajarish lozim.
Qish mavsumida yer ishlarini bajarish: qurilish mavsumini uzaytirish; yil 
davomida yo‘l-qurilish mashinalaridan to‘liq va bir tekis foydalanish; qurilishga 
doimiy ishlovchi malakali ishchilarni biriktirish; qurilishni tezlashtirish va sarf 
harajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Qish mavsumida qurilish olib borishga mo‘ljallangan ko‘tarma qurish uchun 
yoz oylarida asos tayyorlanishi: o‘rmonlar qirqilib, to‘nkalari va xarsangtoshlar 
olinishi, tabiiy asos tekislanishi va zichlashtirilishi kerak. Keyinchalik ko‘tarmani 
qurishdan avval bu asos qor va muzdan yaxshilab tozalanadi. Agar muzlash 
chuqurligi 1,5 m dan katta tumanlarda ko‘p ko‘pchiydigan gruntlardan ko‘tarma 
qurilsa, otski qatlamlar (1,2-1,5 m) qish boshlanguncha quriladi.


Gruntli karyer va o‘ymalarni tayyorlash, havo harorati turg‘un manfiy 
bo‘lguncha amalga oshirilishi lozim. Bunday ishlarga daraxtlarni qo‘porish va 
butalarni qirqish, o‘tish yo‘llarini qurish, grunt muzlamasligi uchun o‘yma yoki 
karyer yuzasiga issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam qurish yoki kimyoviy reagentdan 
foydalanish va boshqalar kiradi.
Issiqlik o‘tkazmaydigan qatlamni qurishni texnologik va eng samarali turi 
ko‘pik holatidagi issiqlik o‘tkazmaydigan material-penopoliuretan quyishdir. 
Yuzalarni muzlashdan saqlash uchun chopib chiqish va omochlash, shuningdek 
qipiq, somon, torf, shlak bilan berkitish ishlarini olib borish mumkin. Odatda, bu 
materiallar, muzlashdan yaxshi saqlaydi va elektr yoki bug‘ bilan isitish yoki 
muzlagan gruntni portlatish yoki har xil bo‘shatgich bilan bo‘shatishga qaraganda 
ancha arzonga tushadi.
Issiqlikdan saqlanadigan qatlam qalinligini hisoblash ishlari “Qish vaqtlarida 
ishni olib borish bo‘yicha qo‘llanma”ga asosan olib boriladi.
Qish vaqtida ko‘tarmani qoya-tosh va yirik donali gruntlardan, shuningdek 
changsiz qumlardan qurish mumkin. Namlik qulay namlikdan kam bo‘lganda gilli 
gruntlardan va changli qumlardan ham qurish mumkin. Yo‘l poyi turg‘unligi ishlab 
chiqarishda shaxsiy loyihaga asosan olib borilsa, namligi yuqori bo‘lgan gilli 
gruntlarni ham qullash mumkin. Bog‘langan gruntlarni erigan holda qo‘llash kerak 
(texnikani uch smenada ishlatib va o‘yma utsini issiqlik o‘tkazuvchi material bilan 
qoplab). 
Agar ko‘tarma tarkibida muzlagan grunt bo‘lagi bo‘lsa, o‘lchami va miqdori 
chegaralanib, ko‘tarmaga bir tekis yoyiladi. Bo‘laklarning umumiy soni ko‘tarma 
umumiy hajmining 30 % dan oshmasligi, ko‘tarmani panjarali katoklar
shibbalovchi mashinalar yoki plitalar bilan zichlashda bo‘laklar o‘lchami 30 sm dan 
oshmasligi, gruntlarni pnevmog‘ildirakli va tebratuvchi katoklar bilan zichlashda 15 
sm dan katta bo‘lmasligi kerak. Bo‘laklar yon qiyalik yuzasiga 1 m dan kam 
masofada joylashmasligi kerak. Agar ko‘tarma tarkibida muzlagan grunt bo‘laklari 
bo‘lsa, ular eriganda 30 % ga cho‘kishini ko‘zda tutiladi. Gruntlarni muzlaguncha 
zichlashtirish zarur. Shuning uchun qish oylarida real iqlim sharoitidan kelib chiqib, 
tajribalar har bir ob'yektda o‘tkazib belgilanadi zichlashtirish tartibi. 
Gruntlarni yaxshilab zichlashtirish uchun og‘ir panjarali va kulochokli 
katoklar, shuningdek, og‘ir shibbalagichlardan foydalanish mumkin. Bu vositalar 
bilan qalin qatlamlar zichlashtiriladi; muzlagan bo‘laklar samarali maydalanadi; 
shibbalagichlar kichik qamrab olish masofasida yaxshi ishlaydi.
Bir smena avval kavlanaytgan o‘yma yoki rezerv yuzasi qordan va muzdan 
tozalanadi, keyinchalik tozalanadigan maydon yuzasi yer texnikasining smenali ish 
unumdorligidan 
havoning 
mos 
haroratida 
aniqlanadi. 
Gruntni 
kavlash 
cho’michining o‘lchami 0,65 m
3
bo‘lgan ekskavator bilan to‘xtovsiz olib boriladi; 


faqat kuchli qor yog‘ishda va shamolda to‘htatiladi va qor va muz to‘liq olib 
tashlangandan so‘ng qaytatdan boshlanadi. Qamrab olish masofasini uzunligi 
bunday gruntni harorati 2
o
S gacha kamayguncha zichlab olishga ulgurish hisobidan 
belgilanadi.
Ko‘tarmaga grunt surilish tekisligi xosil bo‘lmasligi uchun gorizontal qatlam 
bilan yotqiziladi. Qatlam qalinligi amaldagi zichlashtiruvchi texnikaga bog‘liq.
Agar gruntni muzlashdan saqlash tadbirlari ko‘rilmagan bo‘lsa yoki yetarlicha 
bo’lmasa, qish vaqtida yo‘l poyini qurishda muzlagan gruntni kavlashga to’g’ri 
keladi. Yuqori muzlagan qobiqni bo‘shatish uchun traktorli bo‘shatgichlar 
ishlatiladi, uning qalinligi kam bo‘lganda (0,1-0,2 m) buldozer ag’dargichiga montaj 
qilingan tishlardan foydalaniladi. Cho’michining sig‘imi 0,65-1,0 m
3
bo‘lgan to‘g‘ri 
kurakli ekskavator bilan qalinligi 0,25-0,4 m bo‘lgan muzlagan gruntni datslab 
bo‘shatmasdan kavlab bo‘lmaydi. Muzlash chuqurligi 0,4 m dan ko‘p bo‘lganda 
gruntni mexanik ravishda bo‘shatish (maydalash) uchun qoziq yoki shar shaklidagi 
2,0-2,5 tli, ekskavator tsrelasiga osilgan urib yumshatuvchi qurilmalar yoki dizel-
bolg‘a bilan bosiladigan qoziqsimon bo‘shatgichlar qo‘llanadi.
Agar ob'yekt aholi yashash joyidan tashqarida joylashgan va ish hajmi kerakli 
darajada katta bo‘lsa, muzlagan gruntni bo‘shatish va kavlash portlatish yo‘li bilan 
ag’dargichga otib amalga oshiriladi. Muzlash chuqurligiga bog‘liq ravishda shpurli 
yoki skvajinali zaryadlar qo‘llanadi. Zaryadlarni to‘ldirish uchun qum, shlak yoki 
maydalangan muzlagan gruntdan foydalaniladi. Portlatib yumshatilgan grunt smena 
davomida, kuchli sovuqda (-20
o
S pats) qayta muzlamasligi uchun 3-4 soat davomida 
tozalanadi. 

Download 406,94 Kb.
1   2   3   4




Download 406,94 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sovuq haroratli kunlarda yo‘l poyini qurish. Qishda er ishlarini bajarish

Download 406,94 Kb.
Pdf ko'rish