Globaljarayonlarning shakllanish tarixi




Download 415.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/25
Sana11.06.2022
Hajmi415.27 Kb.
#23426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
№8-Mavzu - uz
10 Ma\'ruza, 10 Ma\'ruza (1), Betlik Ped Yuk
Globaljarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk 
nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib 
esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum 
darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk 
geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga 
nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga o‘rin bo‘shatdi, 
insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g‘ri talqin qilishga muvaffaq 
bo‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to‘planishi va texnikaning 
rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz 
berishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning
tabiatni o‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini 
butunlay o‘zgartirdi. 
Er kurrasi shar (globus) ko‘rinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan
isbotlab insoniyat o‘z tarixida birinchi bo‘lib savdo-sotiq sohasida dunyo darajasiga 
chiqdi va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni shu davrda ilk 
transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi. Tez orada ularning faoliyati sof savdo 
chegarasidan tashqariga chiqdiva ular qullarni qo‘lga kiritish va ularni
ekspluatatsiya qilish, bosib olingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgohlar
barpo etish jarayonida ishtirok eta boshladi, nihoyat, o‘z davlatlari amalga
oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asosiy ijrochisiga aylandi. 
Bularning barchasi jiddiy migratsiya jarayonlari yuz berishiga ham sabab bo‘ldi;
xususan, mustamlakachilar qora tanli qullarni Afrikadan Amerikaga ommaviy tarzda 
tashib keltira boshladilar va shu tariqa uningdemografik tarkibini butunlay 
o‘zgartirdilar. SHuning o‘ziyoq globallashuvturli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy hayoti bilan avvalboshdanuzviy bog‘liq bo‘lgan, degan xulosaga kelish 
imkonini beradi. 
XVII asr boshlariga kelib sharq va g‘arb savdogarlari ulkanhududlarni 
o‘zlashtirdilar va deyarli butun dunyo bo‘ylab joylashdilar. SHutariqa ular insoniyat
tarixida birinchi bo‘lib yagona global iqtisodiy va siyosiy tizimning zaruriy
asoslarini yaratdilar va mazkur tizim shakllanishi uchun zamin hozirladilar. 
SHunday qilib, XV-XVI asrlarda yuz bergan buyuk geografik kashfiyotlar jahon 
tarixining rivojlanish jarayonida tub burilish yasadi va «Evropa siyosatining keskin,
misli ko‘rilmagan darajada kengayishiga olib keldi. Dunyo chegaralari muayyan 


darajada kengaydi. Endilikda Evropa mamlakatlari o‘rtasidagi turli ziddiyatlarga 
mustamlakalar uchun kurashda raqobat ham qo‘shildi»
1
. SHu tariqa yangi xalqaro
iqtisodiy va siyosiy munosabatlarga, turli madaniyatlarning o‘zaro ta’siriga va G‘arbiy 
Evropa dengiz davlatlarining o‘zlari kashf etgan er kurrasining turli hududlaridagi 
ekspansiyasiga asos solindi. 
Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar
yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Mazkur jarayonlar natijasida dunyo o‘zining deyarli 
barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental
deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi 
yarmida paydo bo‘ldi, XX asr o‘rtalariga kelib esa u to‘la darajada borliqqa aylandi. 
Ayni shu davrda dunyoni iqtisodiy bo‘lib olish yakunlandi va buning natijasida turli 
mamlakatlar va xalqlarning kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqadigan 
mutlaqo yangicha tusdagi keskin xalqaro muammolar yuzaga keldi.Bu jarayonlar 
nafaqat iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy hayotni, balki aloqa va kommunikatsiya
vositalarini, shuningdek ma’naviy jabha – madaniyat, fan va falsafani ham qamrab
oldi. Turli-tuman xalqaro tashkilotlar, forumlar, s’ezdlar, kongresslar vujudga kela 
boshladiki, bunga o‘sha davrda aloqa va ommaviy kommunikatsiya vositalarining 
faol rivojlanishi ham imkoniyat yaratdi. 
SHunday qilib, amalda butun dunyo kuchli davlatlar va yirik monopoliyalar
o‘rtasida keskin kurash va ta’sir doiralarini bo‘lib olish maydoniga aylandi va bu 
pirovardda Birinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Bu urushda jahonning
ko‘p sonli xalqlari bevosita yoki bilvosita ishtirok etdi, chunki shu davrgacha
dunyo miqyosida yuzaga kelgan iqtisodiy va siyosiy bog‘liqlik sayyoraning birorta 
ham yirik davlatiga urushdan yoki hech bo‘lmasa uning ta’siri va oqibatlaridan
butunlay chetlashish imkonini bermas edi. Bu mazkur davrdan e’tiboran tarix faqat 
Evropa tarixi yoki, aytaylik, alohida Xitoy, Rossiya, Amerika, G‘arb, SHarqtarixi 
bo‘libgina qolmasdan, insoniyat tarixiga, ya’ni tom ma’nodagi jahon tarixiga ham 
aylanganidan dalolat beradi. 
1918 yilda Birinchi jahon urushining tugashi xalqaro maydonda kuchlarning
yangicha nisbati yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi va turli davlatlarning urushdan
keyingi munosabatlari, manfaatlari va qarama-qarshiliklarini yanada tarangroq 
tugunga bog‘lagan oqibatlarga olib keldi, shu tariqa butun dunyoni barcha asosiy
ko‘rsatkichlar bo‘yicha jahon hamjamiyatiga aylantirdi. Pirovardda Birinchi va
Ikkinchi jahon urushlari oralig‘idagi davrda globallashuv jarayonlari yanada
bo‘rtibroq namoyon bo‘ldi. Bu davrda, globallashuvning asosiy belgilari: 
a) biosferaga antropogen ta’sirning kuchayishi va insonning real «geologik 
kuch»ga aylanishi; 
b) ommaviy madaniyat, avvalo kino, musiqa, adabiyot, keng iste’mol mollari 
ishlab chiqarish sohasida faol rivojlana boshlashi; 
v) televizorning ixtiro etilishi, vaqt o‘tishi bilan u ommaviy madaniyatning asosiy 
targ‘ibotchisiga va globallashuv ramziga aylanishi
g) makon va vaqtni ilk bor insonning kundalik hayoti ko‘rsatkichlariga qadar uzil-
kesil «qisqartirgan» havo kemalarida qit’alararo qo‘nmay, to‘g‘ri uchib o‘tishlarlarda 
namoyon bo‘ldi. 
Ammo echilmagan ziddiyatlar va umumiy bog‘liqlikning kuchayishi insoniyat
tarixidagi eng katta va davomli urush – Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga olib
keldi. Bu safar dunyo miqyosidagi urushda Er aholisining to‘rtdan uch qismi
ishtirok etdi, Birinchi jahon urushiga qaraganda bir necha baravar ko‘proq qurbonlar 
berildi. Dunyo miqyosidagi jarayonlarning globallashuvi nuqtai nazaridan bu 
urushlarning ikkalasi ham amalda ayni bir global urushning turli bosqichlari edi. 
Ularning o‘rtasidagi farq faqat miqdor ko‘rsatkichlarida ko‘rinadi. Mohiyat e’tibori 
bilan, ikkala urush ham ayni bir masalalarni echish – XX asr boshida bo‘lib olingan, 
yaxlit va o‘zaro bog‘langan dunyoni qayta bo‘lib olishga qaratilgan edi. Urush olib 
1
Харенберг Б. Хроника человечества. – М.: Слово, 2000. – С.387.


borish usullari ham deyarli bir edi, farqi esa, texnik jihozlanish darajasi va miqyosi
Ikkinchi jahon urushida bir necha baravar yuqori, mafkuraviy ta’sir esa avvalgi urushda 
yo mavjud bo‘lmagan radio, telefon, yo hali yaxshi rivojlanmagan aviatsiya, 
dengiz, temir yo‘l, avtomobil transporti aloqa va kommunikatsiya vositalaridan 
keng foydalanish bilan ko‘p karra kuchaytirilishida namoyon bo‘ldi. 
Ikkinchi jahon urushi ham, xuddi avvalgi jahon urushidek, urushdan keyingi
dunyoviy tartibning o‘ziga xos xususiyatiga aylangan bir qator olamshumul
oqibatlarga olib keldi. Ularning orasida eng muhimi shu bo‘ldiki, urush mutlaqo
yangi qurol turi (atom va reaktiv qurol) yaratish borasidagi tadqiqotlar va amaliy 
ishlarni rag‘batlantirdi. Mazkur davrda ularning ilk namunalari jangovar sinovdan 
o‘tkazildi va insoniyatga butun dunyoni xarobazorga aylantirish va barcha tirik
mavjudotlarni qirib tashlash uchun cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Fan-texnika 
taraqqiyotining ayni shu yutuqlari keyinchalik «sovuq urush» davrida avj olgan
qurollanish poygasining mohiyati va mazmunini belgilab berdi va sayyoramizning 
nozikligi va makonda tutashligini amalda namoyish etdi. 
Ikkinchi jahon urushining boshqa bir oqibati jamiyat hayotiningijtimoiy-siyosiy
sohasida yuzaga keldi va u turli-tuman xalqarotashqilotlarning mislsiz darajada
o‘sishida namoyon bo‘ldi. Ularningorasida Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT), 
hech shubhasiz, ajralibturadi. Evropadagi integratsiya jarayonlari hamurushning tugashi 
bilanbog‘liq bo‘lib, Buyuk Britaniya bosh vaziri U.CHerchill Evropa
qo‘shmaSHtatlarini tuzishga chaqirgan 1946 yilni ularning sanoq boshi debhisoblash 
mumkin. 
Bosh harbiy jinoyatchilar guruhi va natsistlarning asosiy tashkilotlari ustidan
o‘tkazilgan Nyurnberg sud jarayoni yana bir muhim tadbir va ayni vaqtda xalqaro
munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida dunyo miqyosidagi hamkorlikning ilk 
tajribasi bo‘ldi. Bu jarayon 1945 yil 8 avgustda g‘olib mamlakatlar – SSSR,
AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan tashkil etilgan tarixdagi birinchi
Xalqaro harbiy tribunal tomonidan amalga oshirildi va hozirgi xalqaro sud tizimini 
tashkil qilish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Ayni shu davrda liberalizm vademokratiya 
g‘oyalari dunyo miqyosida keng tarqala boshladi, ijtimoiy borliqasoslarini, jamiyatning
axloqiy negizlari va ijtimoiy rivojlanishning asosiy tamoyillarini qayta anglab etishga 
qaratilgan jiddiy tadqiqotlarva nazariy ishlovlar majmui paydo bo‘ldi. 

Download 415.27 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Download 415.27 Kb.
Pdf ko'rish