8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja




Download 415.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/25
Sana11.06.2022
Hajmi415.27 Kb.
#23426
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
№8-Mavzu - uz
10 Ma\'ruza, 10 Ma\'ruza (1), Betlik Ped Yuk
Texnooptimizm. Ammo qayd etilgan qarashlar 60-yillarning boshlariga kelib
texnokratik kayfiyatlarning yangi to‘lqini bilan chetga surib qo‘yildi va qariyb ikki
o‘n yillik mobaynida ommaviy ongga o‘z ta’sirini yo‘qotdi. Bunga urushdan keyingi 
davrda jahonning deyarli barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarini qamrab olgan
sanoat yuksalishi sabab bo‘ldi. 50-60-yillarda ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari G‘arbda 
ham, SHarqda ham aksariyat mamlakatlar uchun porloq bo‘lib tuyular edi. 
Ijtimoiy ongda har qanday dunyoviy va hatto koinot muammolarini fan va texnika
yordamida hal qilish mumkin degan illyuziyani yaratgan texnooptimistik
kayfiyatlar kuchaydi Bunday qarashlar «iste’mol jamiyati»ni ijtimoiy rivojlanish
maqsadi deb e’lon qilgan ko‘p sonli nazariyalarda o‘z aksini topdi. Ayni shu
davrda «industrial», «postindustrial», «texnotron», «informatsion» jamiyatlarning
turli konsepsiyalarini yaratish ustida faol ish olib borildi. 
1957 yilda taniqli iqtisodchi va sotsiolog J.Gelbreyt «Serobgarchilik jamiyati»
kitobini e’lon qildi va uning asosiy g‘oyalarini keyinchalik o‘zining «YAngi industrial
jamiyat» deb nomlangan boshqaasarida rivojlantirdi. Uning asarlarida inson fan va 
texnika sohasida erishayotgan yutuqlarga yuksak va faqat ijobiy baho beriladi,
mazkur yutuqlar ta’sirida jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalarida chuqur 
o‘zgarishlar yuz berayotganiga e’tibor qaratiladi. 
Taniqli fransuz faylasufi R.Aron asarlarida, shuningdek, uning1956-1959 yillarda
Sorbonna universitetida o‘qilgan ma’ruzalarida, amerikalik siyosatshunos
U.Rostouning 1960 yilda chop etilgan va o‘z davrida shov-shuvga sabab bo‘lgan 
«Iqtisodiy o‘sish bosqichlari. Nokommunistik manifest» kitobida «industrial jamiyat» 
nazariyasi yanada to‘laroq asoslab berildi. Bu olimlar fikriga ko‘ra, fan-texnika
inqilobi ta’sirida «odatdagi» agrar jamiyat o‘rnini sanoat jihatidan taraqqiy etgan 
«industrial» jamiyat egallaydi va bu erda bozor sharoitida ommaviy ishlab chiqarish
birinchi o‘ringa chiqadi. Sanoatning rivojlanish va texnika yutuqlaridan foydalanish
darajasi bunday jamiyat progressivligining bosh mezonlariga aylanadi. 
Jamiyat hayotining barcha sohalariga kompyuterlarning keng joriy etilishi yangi
nazariyalar, chunonchi: «postindustrial», «informatsion» (D.Bell, G.Kan, J.Furaste,
A.Turen), «texnotron» (Z.Bjezinskiy, J.J.Servan-SHrayber), «o‘ta industrial»,
«kompyuter» (A.Toffler) jamiyati nazariyalari yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Ularda ijtimoiy taraqqiyotning asosiy mezoni sifatida texnika yutuqlari, aniqrog‘i 
faqatgina ular emas, balki fan va ta’limning rivojlanishi amal qiladi. Kompyuter
texnikasi negizida yaratilgan yangi texnologiyalarning amalga joriy etilishi 
taraqqiyotning muhim mezoni hisoblanadi. 
Amerikalik taniqli faylasuf va sotsiolog D.Bell bo‘lg‘usi ijtimoiy qurilish shakl-
shamoyillarini belgilar ekan, hali Internet paydo bo‘lishidan ancha oldin shunday 
degan edi: «SHunga ishonchim komilki, axborot va nazariy bilim postindustrial
5
Қаранг: П.Т. де Шарден. Феномен человека. – М.: 1987. – С.194


jamiyatning strategik resurslaridir. Bundan tashqari, o‘zining yangi rolida ular
hozirgi tarixning tub burilish nuqtalaridir»
6

D.Bell birinchi burilish nuqtasi sifatida hozirgi jamiyatda «umumiy bilim» sifatida
asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylangan fan xususiyatining o‘zgarishini qayd
etadi. Ikkinchi burilish nuqtasi yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq
bo‘lib, ular, sanoat inqilobi davri texnologiyalaridan farqli o‘laroq, o‘ta
moslashuvchan va osongina qayta ixtisoslashtirilishi mumkin. U «Hozirgi texnologiya
betakror vaayni vaqtda rang-barang natijalarga erishish uchun ko‘p sonli muqobil 
yo‘llar ochadi, bunda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish mislsiz darajada o‘sadi. 
Bular – imkoniyatlar, hamma gap ularni ro‘yobga chiqarishda»
7
, deb qayd etgan edi. 

Download 415.27 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Download 415.27 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja

Download 415.27 Kb.
Pdf ko'rish