Borliq, ong, hayotning mazmuni azaliy falsafiy muammolariga va falsafada




Download 415.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/25
Sana11.06.2022
Hajmi415.27 Kb.
#23426
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
№8-Mavzu - uz
10 Ma\'ruza, 10 Ma\'ruza (1), Betlik Ped Yuk
Borliq, ong, hayotning mazmuni azaliy falsafiy muammolariga va falsafada
muttasil muhokama qilinadigan boshqa masalalarga hozirgi davr shu tariqa ilgari 
hech qachon mavjud bo‘lmagan, mutlaqo yangi mavzu – insoniyatning yagona
taqdiri va Erdagi hayotni saqlash mavzusini qo‘shimcha qildi. 
XX asrda fan va texnika sohasidagi aqlni lol qoldiradigan natijalar ta’sirida ilk 
texnokratik ijtimoiy nazariyalar paydo bo‘ldi. SHulardan birining muallifi – 
amerikalik iqtisodchi va sotsiolog T.Veblen jamiyatning rivojlanishida sanoat ishlab
chiqarishi va texnika taraqqiyotining etakchi rolini birinchilardan bo‘lib falsafiy 
jihatdan asoslab berdi. Uning fikricha, hozirgi zamon davlati muhandislar va texniklar 
tomonidan boshqarilishi lozim, chunki ishlab chiqarishni jamiyat manfaatlarida
rivojlantirish (bu g‘oya T.Veblen texnokratik nazariyasining mag‘zini tashkil etadi)
3
Ясперс К. Смысл и назначение истории. – М.: 1991. –С. 141.
4
Там же, –С. 142538


faqat ularning qo‘lidan keladi va siyosiy hokimiyat ularga ayni shu maqsadni 
ro‘yobga chiqarish uchun kerak. 
SHu davrda yangi tendensiyalarga nisbatan boshqacha munosabatni ilgari suruvchi
yondashuvlar ham paydo bo‘ldi. Xususan, tabiat bilan jamiyatning o‘zaro
munosabati muammolarini anglab etishda V.I.Vernadskiyning roli va u noosferani
yaxlit umumbashariy hodisa sifatida tushunishi mhim ahamiyatga ega bo‘ldi..
SHunga o‘xshash fikrlarni taniqli fransuz faylasufi, teolog P.Teyyar de SHarden ham 
ilgari suradi. Biosferaning tarkibiy qismi sifatida insonning betakrorligini asoslashga 
harakat qilar ekan, u insonning tabiat bilan munosabatlarini uyg‘unlashtirish
konsepsiyasini rivojlantirdi va butun insoniyatning birlashishi yo‘lida egoistik 
niyatlardan voz kechishga chaqirdi
5

SHunday qilib, faylasuflar va olimlar XX asrning birinchi yarmidayoq nafaqat
yangi davr – umumbashariy hodisalar davri boshlanayotganini, balki bu yangi 
sharoitlarda odamlar tabiiy va ijtimoiy stixiyaga faqat bahamjihat qarshilik ko‘rsata
olishi mumkinligini hamanglab etdilar. 

Download 415.27 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Download 415.27 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Borliq, ong, hayotning mazmuni azaliy falsafiy muammolariga va falsafada

Download 415.27 Kb.
Pdf ko'rish